MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARI VOSITALARINING ROLI

скачанные файлы Bugungi kunda barcha ta’limning barcha sohalar kabi malaka oshirish tizimini ham kompyuter va axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Bu esa kompyuter va axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish barcha masalalarning yechimini hal qiladi, ya’ni axborotlarni uzatish va qayta ishlash — bu bilim, malaka va ko’nikmalarni to’liq shakllantirishni kafolatlaydi degani emas, chunki bularning barchasi faqatgina o’qitishning samarali qo’shimcha vositalaridan biridir bo’lib hisoblanadi xolos.

Ana shuning uchun ham zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan malaka oshirish tizimida foydalanish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiri­ladi:

  • axborot-kommunikatsion texnologiyalar o’rganish ob’ekti sifatida, ya’ni tinglovchilarga dars berish jarayonida yangi axborot texnologiyalar, shu jumladan kompyuter, multimediya, masofadan o’qitish, Internet texnologiyalari va ularning tarkibiy qismlari hamda foydalanish sohalari bo’yicha umumiy tushuncha va malakalarga ega bo’ladilar;
  • axborot-kommunikatsion texnologiyalar o’qitish vositasi sifatida, ya’ni za­monoviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida tinglovchilarga yangi bilimlar be­riladi, ya’ni umumta’lim fanlarini o’qitishda axbo­rot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari kompyuterlarning zamonaviy dasturiy vosita­lari asosida tashkil etiladi, shu bilan birga fanlararo integratsiya amalga oshiriladi;
  • ta’lim jarayonini boshqarish vositasi sifatida, ya’ni ta’lim muassasasi­ning o’quv, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tatqiqot ishlari faoliyati sama­radorligini oshirishda axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida ax­borotlashtirish, tahlil va bashorat qilish tizimini yaratish hamda uni amaliyotga jalb etish;
  • tinglovchilar va professor-o’qituvchilarning ilmiy-pedagogik izlanishlarini amalga oshirish vositasi sifatida, ya’ni o’quv muassasasida o’qituvchi-pro­fessor va tinglovchilar orasida ilmiy-tatqiqot va pedagogik izlanishlar sama­radorligini oshirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiya­lar, shu jumladan Internet texnologiyalaridan foydalanish tizimlarini yaratish va tatbiq etish.

Insoniyatning axborot olishga bo’lgan ehtiyoji kun sayin ortmoqda, shu bilan birga ular uchun axborotlarning qanday usulda va qay yo’sinda olish muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlarni qayta ish­lash va tahrirlash imkoniyat­larini bilish va ularni uzatish uchun nimalarga e’tibor berishimiz kerak de­gan savol tug’iladi va bunda albatta bizlarga kompyuter texnikasi va uning vositalarisiz buni amalga oshirish mushkulli­gini hozirda har bir inson tu­shunib yetsa kerak deb o’ylaymiz. Bundan tashqari ma’lumotlarni kitobdan, turli manbaalardan va hozirda juda muhim ahamiyat kasb etayotgan Internet tarmog’idan olishimiz mumkin.

Bizga malumki, axborot texnologiyalari har doim ta’lim jarayonlarini ajralmas qismi bo’lib kelgan. Shu bilan birga malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonining o’zi ham axborot jarayoni hisoblanadi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari paydo bo’lgandan keyingina axborot va telekominika­tsiya tenologiyalarining o’qish jarayonidagi roli va o’rni sezilarli darajada o’zgardi.

Ta’lim tizimida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin. Birinchidan, har bir ta’lim oluvchi jami­yatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish sharoitida kerakli bilim va malakalarga ega bo’lmog’i lozim. Bunda axborot jamiyatni va iqtisodiyotni taraqqiy etishida, uning rivojlanishida eng muhim asoslardan biri hisoblanadi, ya’ni ular ta’lim olish jarayonida tabiat va jamiyatning ri­vojlanish qonuniyatlari to’g’risida, ro’y berayotgan o’zgarishlar , iqtisodiy taraqqiyot va fan — texnika yangiliklari to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi va ish faoliyati davomida uni amaliy tatbiq etishi lozim bo’ladi

Ikkinchidan, ta’lim jarayonida kompyuter va axborot texnologiyalari­dan foydalanishda asosan o’qish samaradorligini keskin oshirish, o’quv–tar­biyaviy jarayonini zamon talabi darajasida tashkillashtirish vazifasini amalga oshirishi lozim. Bu vazifani bajarish ta’lim oluvchilarni qancha bi­lim va malakalarga ega bo’lganligi bilan emas, balki o’quv jarayoni qanday tashkil etilganligi, o’quv uslubiy va zamonaviy texnik vositalar blan qanday ta’minlanganligi bilan o’lchanishi kerak bo’ladi.

Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalan­gan uchun ma’lum bir shart–sharoitlar, ya’ni axborot resurslari kompyuter, videoproektor, multimediya vositalari, printer, skaner hamda zamonaviy dasturiy vositalar mavjud bo’lishi lozim.

Bugungi kunda ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishda kompyuter va axborot texnologiyalari vositalarining asosiy tarkibiy qismi: o’quv dasturlari, multimediya texnologiyalari, masofadan o’qitishning o’quv uslu-biy ta’minoti, virtual laboratoriya, elektron darslik (ED), elektron o’quv kutubxonasi, xalqaro internet tizimlari va boshqalar muhim ahamiyatga va o’ringa ega bo’ladi .

O’quv jarayonining samaradorligi va mukammalligi axborotlarni bilim oluvchiga qanday tarzda berilishiga, ular tomonidan qanday qabul qilinishiga va ularni amaliyotga qanday tatbiq qilinishiga bog’liq bo’ladi. Multimediya texnologiyalari o’rganilayotgan pedagogik va iqtisodiy jarayonlar to’g’risidagi har bir axborotni ta’lim oluvchilarga harakatli, ovozli va videoli ko’rinishlarda bayon qilib beradi. Bu esa katta hajmdagi axborotni berish uchun ketadigan vaqtni tejash bilan birga, ularni yangi axborotlarni qabul qilish va ulardan amaliy foydalanish darajasini oshiradi.

Boshqacha aytganda, ta’lim jarayonida kompyuter va axborot texnologiyalaridan mukammal foydalanish uchun asosiy e’tibor eng avvalo o’qituvchiga va talabaga zarur bo’lgan sharoitni yaratishga, kompyuterlarni o’quv jarayonlarida samarali qo’llashiga, ya’ni multimediyali elektron o’quv va uslubiy qo’llanmalardan keng miqyosida foydalanishnga qaratilishi lozim.

Jabborov M.M. – JizzaxVXTXQTMOI o’qituvchisi

Xodjabekov I.B. – Zarbdor tuman XTMFMTTEBga qarashli 9-umumta’lim maktabining kimyo fani o’qituvchisi

Koeffisentlarni qanday qo’yish kerak — 2

БезымянныйKo’pchilik maktab o’quvchilari uchun kimyoviy reaksiya tenglamasini yozish va koeffisentlarni to’g’ri joylashtirish oson ish emas. Nimagadir, asosiy qiyinchilikni keltirib chiqaradigan qismi bu tenglamaning o’ng tomonidir. Xech qiyin joyi yo’qdek tuyiladi, lekin kerakli sonlarni topolmagach o’quvchilarda o’ziga bo’lgan ishonch yo’qolib, qilib bo’lmaydigan ishdek tushkunlikka tushish xolati kuzatiladi. Agar bir necha oddiy qoidalarni esda saqlab qolinsa, masala qiyinchiliklar tug’dirmay qo’yadi va masalani bajaarishdan o’quvchilar mamnun bo’lishadi.

Koeffisent, yani bu kimyoviy formuladan oldin turuvchi son bo’lib, u kimyoviy formuladagi barcha kimyoviy belgilarga ta’luqli va barcha kimyoviy belgilarning indekslariga ko’paytiriladi. Aynan ko’paytiriladi, qo’shilmaydi! Tushunish qiyin lekin ko’pincha o’quvchilar bu ikkala sonni ko’paytirish o’rniga qo’shib qo’yishadi va bu noto’g’ri.

Boshqacha qilib aytganda, agar tenglamaning chap tarafida quyidagicha yozilgan bo’lsa: 2Na3PO4 + 3CaCl2 = … bu reaksiyaga 6 ta natriy atomlari, 2 ta fosfor atomlari, 8 ta kislorod atomlari, 3ta kalsiy va 6 ta xlor atomlari reaksiyaga kirishganligini anglatadi.

Boshlang’ich moddalar tarkibidagi kimyoviy elementlar soni (ya’ni tenglamaning chap tarafidagilar) reaksiya natijasidahosil bo’lgan moddalar tarkibidagi elementlar soni bilan (reaksiya tenglamasining o’ng tomonidagi) teng bo’lishi kerak.

Bu qoidani natriy fosfat bilan kalsiy xlorning reaksiyasini to’liq oxirigacha yozish orqali ko’rib chiqamiz. Ko’proq tushunarli bo’lishi uchun chap tarafdan koeffisentlarni olib tashlaymiz vatenglamani tuzamiz. Na3PO4 + CaCl2 = Ca3(PO4)2 + NaCl

Reaksiya natijasida erimaydigan tuz – kalsiy fosfat – va natriy xlor hosil bo’ladi.Qanday qilib koeffisentni joylashtirish kerak? Darhol fosfat ioni(РО4)ga e’tibor qarating o’ng tarafda uning indeksi 2 ga teng. Shuning uchun fosfor va kislorod atomlarining ikkala tomonda ham tenglashtirish uchun chap tarafdagi natriy fosfat tuzi oldiga 2 koeffisentini qo’yamiz. 2Na3PO4 + СaCl2 = Ca3(PO4)2 + NaCl hosil bo’ladi

Ko’rib turibmizki kislorod va fosfor atomlari soni ikkala tomonda ham tenglashdi, lekin kalsiy, natriy va xlor atomlari soni teng emas. Chap tarafa: natriy – 6 atom, kalsiy – 1 atom, xlor – 2 atom. O’ng tarafda: natriy – 1 atom, kalsiy – 3 atom, xlor – 1 atom.

Natriy xlor oldiga 6 koeffisentini qo’ygan xolda natriyni tenglashtiramiz. 2Na3(PO4)2 + CaCl2 = Ca3(PO4)2 + 6NaCl hosil bo’ladi.

Qolgan ikki elementni tenglashtirish qoladi. Ko’rinib turibdiki chap tarafda 1 atom kalsiy va 2 atom xlor elementlari bor, o’ng tarafda esa, 3 ta atom kalsiy va  6 ta atom xlor elementlari mavjud. Ya’ni aynan uch marotaba ko’p! Kalsiy xlorid molekulasi oldiga 3 koeffisentini qo’ysak yakuniy ya’ni tenglashtirilgan tenglamaga ega bo’lamiz. 2Na3(PO4)2 + 3CaCl2 = Ca3(PO4)2 + 6NaCl

Kimyoviy elementlar nomining kelib chiqishi

1 MАШҲУР ОЛИМЛАР ИСМИ БИЛАН АТАЛГАН ЭЛЕМЕНТЛАР

ГАДОЛИНИЙ (1880). Фин химиги, Россия Фанлар академиясининг мухбир аъзоси Ю, Гадолин шарафига аталган. У нодир элементларга бой иттрий жинси учрайдиган ерни аниқлаган ва шу элементларни ўрганишга катта ҳисса қўшган.

КЮРИЙ (1944). Радиоактивлик ҳақидаги фаннинг асосчилари, радий ва полоний элементларини кашфиётчилари бўлмиш Кария ва Пьер Кюрилар шарафига қўйилган. Кюрий элементининг лотинча символидаги (Сш) кичик «ш» ҳарфи аёл олимга алоҳида иззат-ҳурмат юзасидан «Мария» исмидан олинган.

ЭЙНШТЕЙНИЙ (1954). Нисбийлик назариясининг яратувчиси Альберт Эйнштейн шарафига аталган.

ФЕРМИЙ (1954). Транс-уран элементларини синтез қилиш соҳасидаги тадқиқотларни бошлаб берган ва атом знергиясини ўрганишда катта иш қилган олимлардан бири итальян физиги Энрико Ферми шарафига қўйилган.

МЕНДЕЛЕВИЙ (1955). Америка тадқиқотчиларн ҳосил қилган бу элемент улуғ рус олими Д. И. Менделеев шарафига аталган.

ЛОУРЕНСИЙ (1961). Қиклотрон (атом ядросини заррачаларга ажратадиган аппарат) ихтирочиси ва бир қанча трансуран элементлари олинган Берклидаги (АҚШ) радиақия лабораториясининг асосчиси бўлмиш америкалик физик Эрнест Лоуренс номига қўйилган.

КУРЧАТОВИЙ (1964). Собиқ СССРда атом энергиясини ўрганишнинг ташкилотчиси ва раҳбари И. В. Курчатов шарафига атапган.

ГЕОГРАФИК НОМЛАР БИЛАН АТАЛГАН ЭЛЕМЕНТЛАР

ЕВРОПИЙ (1901). Европа қитъаси номига қўйилган.

АМЕРИЦИЙ (1944). Актиноид элементларидан бири. Бу элемент Америка қитъасн номи билан аталган.

ГАЛЛИЙ (1875). Франқуз химиги П. Леиок де Буабодран томонидан топилган ва у ўз ватанининг ўрта асрдаги лотинча атамаси — Галлия номи билан атаган.

ГЕРМАНИЙ (1886). Немис химиги К. Винклер топган ва ўз ватани номига қўйган.

РУТЕНИЙ (1844). Рус химиги К. Клаус кашф этган ва уни Россия номи билан атаган. Россиянинг лотинча номи — Рутения.

ТУЛИЙ (1879). Швед химиги П. Клеве топган ва Швеция эгаллаган Скандинавия ярим оролининг шимолий вилояти номи билан атаган. У жой қадим замонларда Туле деб юритилган.

ПОЛОНИЙ (1898). Эр-хотин Мария ва Пьар Кюрилар томонидан кашф этилган бўлиб, Мария Кюри — Склодовскаянинг ватани — Польша шарафига аталган. Польшанинг лотинча номи Полония.

ФРАНЦИЙ (1939). Франқуз химиги М. Пере топиб, ўз ватани номига қўйган.

ГОЛЬМИЙ (1879). Швед химиги П. Клеве томонидан кашф этилиб, Швеция пойтахти — Стокгольм номи билан аталган. Стокгольмнинг лотинчаси — Гольмия.

ЛЮТЕНЦИЙ (1907). Франқуз химиги Ж. Урбен топиб, Париж номига қўйган. Парижнинг лотинча номи Лютенция.

ГАФНИЙ (1923). Даниялик кимёгарлар Г. Хевеши билан Д. Костерлар кашф этишган. Бу элементни улар Дания пойтахти — Копенгаген шарафига аташган. Копенгагеннинг латинча номи Гафния.

СКАНДИЙ (1879). Швеция олими Л. Нильсон топган ва Скандинавия ярига ороли номига қўйган.

МИС. Бу элемент латинчада «кўпрум» деб аталади. «Кўпрум» эса таркиби мисга бой қазилмалар кўп Кипр ороли номидан келиб чиққан.

МАГНИЙ (1828). Бу элемент биринчи бор Греқиянинг Магнезий шаҳрига яқин ердан топилган бирикмаларда учратилган.

ИТТРИЙ (1828), ТЕРБИЙ (1943), ЭРБИЙ (1843), ИТТЕРБИЙ (1878). Бу тўртала элемент биринчи марта Швециянинг Иттербий деган жойи яқинидан қазиб олинган нодир элементларга бой жинсларда топилган. Бу элементларнинг номи шу жойдан олинган.

РЕНИЙ. Бир неча бор кашф этилган элемент. Рус- тадқиқотчиси Герман 1846 йилда уни «ильмений» деб, рус химиги С. Керн эса 1887 йилда «девий» деб атаганлар. Элементнинг ҳозир кимёда қабул қилинган номи лотинча «ренус» дир. Бу атама Рейн дарёси ва Рейн области номларидан олинган бўлиб уни немис кимёгарлари И. ва В. Ноддаклар 1925 йилда жорий этишган.

БЕРКЛИЙ (1950). АҚШнинг Беркли шаҳридаги радиақия лабораториясида ҳосил қилиниб, шу шаҳар номи билан аталган.

КАЛИФОРНИЙ (1950). Калифорния университети олимлари ҳосил қилиб, ўз штатлари шарафига аташган.

ОСМОН ЖИСМЛАРИ НОМИ БИЛАН АТАЛГАН ЭЛЕМЕНТЛАР

ГЕЛИЙ (1868). Спектрал анализ ёрдамида дастлаб Куёшда топилган. Элементнинг номи грекча «Гелиос» — Қуёш сўзидан келиб чиққан.

СЕЛЕН (1817). Грекча «Селена», яъни Ой сўзидан олинган.

ПАЛЛАДИЙ (1803). Элемент ҳосил қилинмасдан бир йил олдин топилган Паллада кичик планетаси номи билан аталган.

ТЕЛЛУР (1782). Лотинча «Теллус», яъни Ер сўзидан.

СЕРИЙ (1803). Элемент ҳосил қилинмасдан икки йил бурун топилган Серера кичик планетаси номи билан аталган.

ОЛТИН. Элементнинг лотинча «аурум» деган номи чиқаётган Қуёш ёғдуси билан боғлиқ, лотинча «аурора» — «тонг шафағи» демак.

УРАН (1780). Элемент ҳосил қилинмасдан бир неча йил илгари топилган Уран планетаси номига қўйилган.

НЕПТУНИР (1940). Нептун планетаси номига қўйилган.

ПЛУТОНИЙ (1941). Плутон планетаси номи билан аталган.

 

 АФСОНАВИЙ ХУДО ВА ҚАҲРАМОНЛАР НОМИГА ҚЎЙИЛГАН ЭЛЕМЕНТЛАР

ТИТАН (1795). Қадимги юнон эпосининг қаҳрамони Титан шарафига аталган.

ВАНАДИЙ (1830). Скандинавия ишқ-муҳаббат маъбудаси Ванадис номи билан аталган. Афсонага кўра маъбуда Ванадис муҳаббат туйғуларининг барқарор бўлишига раҳнамолик қилган. Ванадий элементи ҳам барқарор хоссага эгадир.

КОБАЛЬТ (1735). Инглиз-саксон афсонасида инс-жинсни «Коболд» деб юритилади. Бу элементнинг ҳосил қилишдаги мушкуллилар инс-жинслар туфайли содир бўлади, деб ўйлашган.

НИОБИЙ (1844). Хоссапари жиҳатдан тантал элементига ўхшаш бўлганидан, афсонавий қаҳрамон Тантал қизи — Ниобея исми билан аталган.

ПРОМЕТИЙ (1947). Кадимги греклар афсонасида худолар турадиган Олимп тоғидан олов ўғирлаб инсонларга берган ва бунинг учун худолар томонидан жазоланган афсонавий қаҳрамон Прометей шарафига аталган.

ТАНТАЛ (1802). Бу элементни соф ҳолда олишдаги кимёгарлар бошдан кечирган қийинчиликлар унга худолар томонидан жазоланган афсонавий қаҳрамон Тантал номи берилишига сабаб бўлган.

МИНЕРАЛ ВА МУРАККАБ МОДДАЛАР НОМИ БИЛАН АТАЛГАН ЭЛЕМЕНТЛАР

ЛИТИЙ (1817). Грекча «литос» (тош) сўзидан. Дастлаб бу элемент қаттиқ минералларда топилган.

БЕРИЛЛИЙ (1798). Шу элемент бор берилл минерали номига қўйилган.

БОР (1808). Таркибида бор элементи бўлган бура бирикмасининг лотинча «боракс» номидан олинган.

НАТРИЙ (1807). Тарнибида шу элемент бўлган кир содасининг арабча номи «натрун» сўзидан олинган.

АЛЮМИНИЙ (1825). Таркибида шу элемент бўлган аччиқтош бирикмасининг лотинча «алюмен» номига қўйилган.

КРЕМНИЙ (1825). Чақмоқ тошнинг лотинча номи «лапис креманс» сўзидан.

КАЛИЙ (1807). Ўсимлик кули — ишқорнинг арабча номи бўлмиш «алкали» сўзидан.

КАЛЬЦИЙ (1808). Таркибида шу элемент бўлган оҳакнинг лотинча «калькс» номидан.

МАРГАНЕЦ (1774). Шу элемент ҳосил қилишда дастлабки манба ҳисобланган пиролюзит минералининг грекча номи — «манганезе» сўзидан.

НИКЕЛЬ (1751). Таркибида шу элемент бор минералнинг немисча номи «кўпферникель» (сунъий мис) сўзининг иккинчи бўлагидан олинган,

СТРОНЦИЙ (1790). Шу элемент бор стронқианит минералининг номига қўйилган,

ЦИРКОНИЙ (1789). Шу элемент бор қиркон минерали номидан.

МОЛИБДЕН (1778). Таркибида шу элемент бўлган молибденит минерали номидан олинган.

КАДМИЙ (1817). Шу элемент топилган рух рудасининг грекча номи «кадмея» сўзидан.

СУРМА. Туркча «сурме», (яъни қош ва киприкка суртиладиган бўёқ) сўзидан олинган. Сурма элементи ялтироқ сурматош минералидан олинади.

БАРИЙ (1808). Грекча «барос» — оғир демак. Шу элегаент бор барийли ёки оғир тупроқ номи билан аталган.

САМАРИЙ (1879). Рус кон инженери В. Е. Самарский исми билан аталган самарскит минерали номидан олинган.

ВОЛЬФРАМ (1781). Вольфрамит минерали номидан. Минерал номи эса немисча «вольф» (бўри) ва «ран» (кўпик) сўзларидан келиб чиққан. Бу сўзлар бирга қўшилиб, «бўри кўпиги» маъносини билдиради. Бу минерал қалайи рудалари таркибида учраб қолса, шу рудадан қалайи эритиб олиш қийинлашади. У қалайини «еб қўяди». «Бўри кўпиги» дейилишининг боиси шундан бўлса керак.

ТОРИЙ (1828). Торит минерали номидан. Торитнинг ўзи эса скандинавияликларнинг момақалдироқ ва уруш худолари — Тора номи билан аталган.

 ЭЛЕМЕНТЛАРНИНГ ХУСУСИЯТИ ВА БИРИКИШ ХОССАСИДАН ОЛИНГАН НОМЛАР

 ҚАЛАЙИ. Элементнинг лотинча номи «станум» дир. Бу сўз аксарият тилидаги астас» сўзидан (яъни «қаттиқ», «чидамли» маъносида) олинган бўлиб, элементнинг эркинлик ҳолатини ҳарактерлайди.

СИМОБ. Лотинча номи «гидраргирум» — «кумушли сув» маъносини билдиради.

ОЛТИНГУГУРТ. Санскритча «сира» (яъни, оч сариқ демак) сўзидан келиб чиққан бу ном рангни ифодалайди. Элементнинг символи эса лотинча «сульфур» номидан.

ХЛОР (1774). Грекча «хлорос», яъни яшил сўзидан олинган.

ХРОМ (1797). Ранг, бўёқ маъноларини англатувчи грекча «хрома» сўзидан. Бирикмаларининг ранглари хилма-хил бўлгани учун шундай ном олган.

РУХ. Лотинча «цинк» яъни кўзга тушадиган оқ парда сўзидан. Бирикмалари ўзига хос оқ рангга эга бўлгани учун шундай аталган.

РОДИЙ (1803). Грекча «родос», яъни пушти ранг сўзидан. Родий элементининг туз эритмалари оч қизил рангда бўлади.

КУМУШ. Элементнинг лотинча «аргентум» номи санскритча «арганта» сўзидан олинган бўлиб, бу сўз оч ранг, оч деган маънони ифодалайди.

ЙОД (1811). Грекча «иодес» — гунафша, гунафша ранг сўзидан.

ПРАЗЕОДИМ (1885). Бу ном «празеос» — оч яшил ҳамда «дидияос» — эгизак деган иккита грекча сўзнинг қўшилишидан тузилган.

ИРИДИЙ (1803). Грекча «иридис» — камалак сўзидан. Элементнинг туз эритмалари ярчироқ ва ранг-баранг тусда бўлгани учун шундай аталган.

ПЛАТИНА (1738). Испанча «плата» — кумушсимон, кумушдек, деган сўздан олинган. Бу элемент кўринишдан кумушга ўхшаганлиги учун шундай аталган.

ҚЎРҒОШИН. Элементнинг лотинча «плумбум» номи «плумбум нигрум», яъни қора қалайи деган сўздан олинган.

ВИСМУТ. Немисча оқ модда маъносини англатувчи «вайсмут» сўзидан.

БРОМ (1826). Грекча «бромос» — бадбўй демак. Элемент сассиқ ҳиди учун шундай аталган.

ОСМИЙ (1803). Грекча «осме» — анқиб турувчи демак. Осмий ангидридининг ўткир ҳиди учун шундай аталган.

ВОДОРОД (1766). Элементнинг лотинча «гидрогениум» номи «гидро» — сув ва «гениум» — ҳосил қилиш деган сўзлардан олиниб, “сув ҳосил қилувчи” деган маънони билдиради.

УГЛЕРОД. Элементнинг лотинча «карбониум» номи «карба» — кўмир сўзидан келиб чиққан. «Карба» сўзининг негизи санскритча «кра», яъни ёнувчи деган сўздан ясалган.

АЗОТ (1772). Грекча «а» — инкор этиш маъносидаги сўз билан «зоос» — ҳаёт деган сўзнинг бирга Қўшилишидан келиб чиққан Яъни «азот» ҳаётни таъминламовчи маъносида. Азотнинг лотинча «нитрогениум» символи селитра ҳосил қилувчи, демак.

КИСЛОРОД (1774). Лотинча «оксигениум» номи билан юритилиб, бу сўз кислота ҳосил қилувчи, маъносини билдиради.

ФТОР (1886.) Грекча «фторос» — емирувчи сўзидан. Ҳаддан ташчари кимёвий активлиги учун шундай аталган,

ФОСФОР (1669). Гречча «фос» — нур, «феро» — тарқатувчи, сўзлари бирга қўшилиб, нур тарқатувчи, маъносини билдиради. Бу элемент қоронғида ёритиш хусусияти учун шундай аталган.

АРГОН (1894). Грекча «аргос» — ялқов сўзидан. Бошқа моддалар билан бирикмаслик хоссаси бўлгани учун шундай ном берилган.

ТЕМИР. Руда ва металларнинг санскиртча номи бўлмиш «галга» сўзининг бузиб айтилишидан келиб чиққан. Элементнинг лотинча «феррум» номи «фирмус» — мустаҳкам сўзидан олинган.

МИШЬЯК. Бу ном русча бўлиб «мишь» — «сичқон» ва «яд» «заҳар» сўзларидан ташкил топган. Сичқонларга қарши заҳар, демак. Злементнинг грекча символи «арсеникук» сўзи кучли, организмга бетўхтов таъсир қилувчи, демак.

РУБИДИЙ (1861). Лотинча «рубидус» — тўқ қизил сўзидан. Спектридаги иккита тўқ қизил чизиғи учун шундай аталган.

ИНДИЙ (1833). «Индиго» деган ранг номидан. Элемент ўз спектридаги кўк чизиқ учун шундай аталган.

ЦЕЗИЙ (1860). Лотинча «цезеус» — зангори демакдир. Спектрдаги ўзига хос иккита зангори чизиғи учун элементга шундай ном берилган.

ТАЛЛИЙ (1861). Грекча «таллос» — яшил сўзидан. Спектридаги яшил чизиғи учун шундай аталган.

АСТАТ (1940). Грекча «астатос» — ўзгарувчанлик. Элемент ярим парчаланиш даври қисқа бўлгани учун шундай аталган.

РАДОН (1900). Бу ном «радий» сўзи билан «оқ» суффиксининг қўшилишидан ҳосил бўлиб, бу элемент радийнинг парчаланишидан вужудга келишини билдиради,

РАДИЙ (1898). Лотинча «радиус» сўзидан олинган бўлиб, у нур ёки, бошқача айтганда, радиоактив нур тарқатувчи деган маънони билдиради.

АКТИНИЙ (1899). Грекча «актис» — нур сўзидан олинган. Бу элемент ҳам радиоактив нур тарқатиш хоссасига эга.

ПРОТАКТИНИЙ (1918). Грекча «протос» — биринчи дегани. Унга «актис» қўшилиб «актинийдан кейин биринчи» деган маънони билдиради.

 ЭЛЕМЕНТЛАРНИНГ ҲОСИЛ ҚИЛИНИШ ХУСУСИЯТИДАН ОЛИНГАН НОМЛАР

 НЕОН (1808). Грекча «неос» — янги сўзидан, ҳаво таркибида янги элемент сифатида топилган.

КРИПТОН (1898). Санекритча «криптос» — яширин сўзидан. Ҳаводан ажратиб олиш мураккаблиги учун бу элемент шундай аталган.

ТЕХНЕЦИИ (1937). Грекча «техникос» — сунъий сўзидан. Сунъий усул билан олинган биринчи элемент бўлганидан шундай ном берилган.

КСЕНОН (1898). Грекча «ксенос» — ёт сўзидан. У ҳаво таркибида бегона элемент ҳисобланган.

ЛАНТАН (1839). Грекча «лантано» — яширинувчи сўзидан. Тоза ҳолда олиш қийин бўлгани учун шундай аталган.

НЕОДИМ (1885). Грекча «неос» — янги ва «дидимос» — эгизак сўзларидан, «Дидимоли ер» деб аталувчи жойдан рангсиз празеодим элементидан кейин празеодимнинг эгизак элементи сифатида ҳосил қилинган.

ДИСПРОЗИЙ (1886). Грекча “диспрозитос” — эришиш қийин сўзидан. Уни бошқа нодир қазилма элементлардан ажратиб олишнинг қийинлиги учун шундай аталган.

 

Жиззах вилоят халқ таълими ходимлaрини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш институти   укитувчиси Жабборов Мақсуддан

“МЎЖИЗАЛАР ОЛАМИГА САЁҲАТ”

imagesҚизиқарли тажрибаларга бағишланади.

          «Мен аминманки, кимё билан қизиқиб, уни ўзи учун мутахассислик сифатида танлаб олганлар орасида бундан афсусланиши бирор кимса топилмаса керак», деган эди рус олими 3еминский. Хақиқатдан ҳам кимё қизиқарли ва мўъжизакор фандир. Мана шу мўжизакор фанга бағишланган «3аковат» ўйинимизни бошлаймиз.

Бугун: Бегматов Ҳаёт жамоаси ўйнида қатнашади. Улар билан-танишинг:

  1. Бегматов Ҳаётжон 11 синфниг фаол ўқитувчиси,жамоа сардори
  2. Фаниев Дилнора аъло баҳоларга ўқийди,инглиз тилига қизиқади.
  3. Умматов Элдор — синфнинг фаол, меҳнаткаш қобилиятли ўқувчиси
  4. Мирзотоев 3афар — математикага қизиқади
  5. Юсупов Умид — синфда муҳарририлик вазифасини бажаради
  6. Юлдашева Чарос — синфнинг энг одобли, фаол ўқувчилардан, кимё фани билан бирга она тили ва адабиёт, математика, тарих фанларига қизиқади.

Экспертлар:

1.Авазова Феруза,  2. Ҳамидов Фарид

Жамоа аъзолари жойлашиб ҳам олдилар ва улар билан танишиб олдингиз. Энди Ўйинимизни ҳам бошласак бўлади.

Диққат қилинг:

1- раунд

№ 3 номерли савол

Саволни мактабимиз биология ўқитувчиси Қодирова Ҳилола Ҳамидуллаевна сизга ёзиб юборган.

География фанидан вулқонлар ҳақида қандай маълумотга эгасиз.

Энди саволни эшитинг:

Стол устида вулқон пайдо қила оласизми?

Жавоб:

 

Вулқон ҳосил қилиш учун қуйидаги моддалар керак бўлади

  1. . ( NH4)2 Cr2 O7 – амоний бихромат
  2. Чинни ёки сопол плитка.
  3. Спирт
  4. Гугурт

Тажрибани бажариш тартиби:

3-4 г чамаси тўқ сариқ тусли . ( NH4)2 Cr2 O7 тузи ховончада майдаланади ва плитка устида солинади, унга озгина спирт томизилади ва эҳтиётлик билан ёқилади. Ёниш давомида вулқон отилиши эслатадиган-олов учқунлари пайдо бўлади. Тажриба давомида модданинг  хажми кўпаяди.

Бунда қуйидаги реакция содир бўлади.

(NN4)2 Sr2 O7 Cr2 O3 Q N2 Q 4N2 O реакция давомида ажралиб чиқаётган азот гази ва сув буғи шиддат билан юқорига отилиб ўзи билан Sr2 O3 ҳам юқорига кўтарилади.  Шуни эсдан чиқармаслик керакки Sr2 O3 ғоят заҳарли модда.

Уни эҳтиёткорлик билан олиб, белгиланган жойга таъминлаш керак.

№ 1 номерли савол

Кимё ўқитувчиси Абдусаматова Турсуной Худойбергановна сизларга савол бермоқдалар.

Бири ўта ишқорий,

Бири эса заҳарли

Иккаласи бирикса

Овқат бўлар мазали

Қандай моддалар ҳақида гап кетаяпти.

Жавоб:

Ўта ишқорий дейилгани — Na — ишқорий металл.

Ўта захарли – Cl2 гази.

№ 2 номерли савол

Сиз зоология фани қандай фанлигини биласиз. Умуртқали ҳайвонларни қандай синфини биласиз? Илонлар қандай синфга киради?

Савол Фиръавн илони ҳақида эшитганмисиз бу ҳақда қандай ривоят бор. Бу ҳақида қандай ривоят бор? Шу илонни ҳосил қилиб беринг.

Жавоб:

Бу илонни ҳосил қилиш  учун

  1. Уротропин кристали
  2. Норсулъфазол таблеткаси

З.Гугурт

4 Плитка

Уротропини устига норсулфазол таблеткаси қўйилади ва уротропин ёқилади. Бунда реакция натижасида бир қанча газлар ажралади.

N2, SO2, N2 O

Ҳосил бўлган газлар пуфакча ичидан чиқиб кета олмайди. Газларнинг босими натижасида пардали пуфакчалар тирик илон каби  ҳаракат  қилади.

№ 4 номерли савол

мусиқали танаффус

№ 5 номерли савол.

Саволни мактаб раҳбари Саитбоева Дилором Собировна бераяпти.

Қоғозда қандай ёзувлар бор, бу ёзувни қандай ўқийсиз?

Жавоб:

Бу сирли ёзув кир содда эритмаси билан ёзилган ва қуритилган. Унга фенолфталеин эритмаси билан пуркалса тўқ пушти ранг ҳосил бўлади.

Чунки содда эритмаси ишқорий хусусиятга эга.

№ 6 номерли савол.

Бу саволни сизларга мактабнинг информатика ўқитувчиси Турғунова Сайёра Ураловна йўллаган.

Ўтда ёнмайдиган, сувда чўкмайдиган бир металл бор. Шу металл қандай моддада эрийди. У модданинг формуласи қандай.

Жавоб:

Олтин “Шох арағи” деб номланувчи моддада эрийди. NNO3Q3HCI

№7 савол.

Бу саволни сизларга мактабнинг информатика ўқитувчиси Турғунова Сайёра Ураловна йўллаган.

Сизга берилган қуйидаги сирли суюқликни аниқланг.

Жавоб:

Сирли суюқликнинг сири шундаки, у Na2 CO3 тузининг эритмасидир. Индакатор томизилган бўш идишига қуйилса анор суви рангли суюқлик ҳосил бўлади, чунки

Na2 CO3 эритмаси ишқорий хусусиятга эга.

№ 8 номерли савол.

Сизга бу саволни чизмачилик ўқитувчиси Аҳбоева Манзура Исмоиловна йўллаган. Менга бир дугонам рўмолча совға қилган бу рўмолча ғаройиб хусусиятга эга бўлиб ўтда ёнмайди. Шу рўмолчани синаб кўринг.

Жавоб:

Рўмолча аввал сувга солиб сиқиб олинади, сўнг спиртга солиб олинади ва ёндирилади кучли аланга ҳосил бўлади, лекин рўмолча ёнмасдан қолади. Спирт тез ёниб кетиб рўмолчага иссиқликни секин ўтказади.

№ 9 номерли савол.

Бу саволни сизларга мактабнинг информатика ўқитувчиси Турғунова Сайёра Ураловна йўллаган.

Сандиқчани олиб чиқинг.

Савол:

Кимёвий жисмга киради ўзи

Биз орқали чарақлаб ёнади кўзи

Бирдан қуввата ошиб кетса гар

Тарс ёрилиб кўзингизга бўлади зарар

Жавоб:

Лампочка

Кимёвий ўйинлар. Топишмоқлар

Кўринмайди у кўзга  асло

гар булмаса ҳаёт булмағай.

У булади ерда ҳам ,само

Жавобин айт тезда уйламай.       (кислород)

  1. Аёлларга зеб боғлайман,

Оғизларда ялтираб  чунон.

Топса мени инсонлар балки,

Мол дунёю,келтираман шон.        (олтин)

  1. Мен борманку ҳар бир соҳада,

Ёғдуларим йўлни ёритар.

«Утма асло кечроқ мозордан,

Нурларимчи, сени қўрқитар.         (фосфор)

  1. Катта шаҳарчада турсам ҳам узим,

Кичик шаҳарчада бор фарзандларим.

Мен уларни парвариш этиб,

Уй туридан танҳо жой олдим.

Фарзандларим уй — жойли қилиб

Оиламнинг номини олдим.           (лантан)

5.Мен буламан металларнинг гули

Менда бордир тиниқ, мусаффо,

Соҳибжамол Венера   нури.

Ахир мени қадим замондан

Ишлатганлар ясашиб қурол.

Мен танамдан электр тўки,

«Утказаман яхши ва дарҳол.

Қотишмамдан ясалган нишон,

Кўпчиликни қилади шодон.              (мис )

6.»Сув» ни олиб Саида

қуйди сулъфат кислота.         Жавоб : “сув”+ Bа(ОH)2

Реакция бошланиб.                   Bа(ОH)2+H24=BаSО4+H2О

Хосил булди оқ чукма.

«сеҳрли сув» сирини,

Айтиб беринг сиз бизга.

  1. Рустам икки қадаҳга ,

Қуйди рангсиз эритма,          Жавоб :

Бири ўзгармай турди,                      1- идишда NаОH га фенолфталеин

Иккинчиси қизарди.                            томизилганда. Вақт ўтиши билан

Қизарга эритмага                                                                   эритма қизарди.

сувни  қуйди.Саломат                                                   2-идишда NаОH га

Мужизали эритма,                                                           HCl қуйилади ва қуйдаги реакция

Рангсиз булди аломат.                                                   юз беради:

Сеҳргарлик сиринини                                                        +NACL+H2

Тушунтиринг марҳамат.

  1. Гулноза реакция учун

Нитрат кислота(конц) олди

Сўнгра бу кислотага

«майда кукунни «солди.                           Жавоб:         «Майда кукун» — металл қириндиси

Тусатдан эритмада,                                                    Қўнғир ранг NО2 гази.

Қўнғир ранг ҳосил булди.

Гулноза тажрибаси

Нега бундайин бўлди.

Кимёвий ўйинлар

  1. Айлана  ўйин.

Ўйинда ишриток этувчилар доира шаклида турадилар. Ўйин қуйидагича бошланади. Бошловчи ўқувчи «калий нитрат» деса, ундан ўнгда турган ўқувчи айтилган тузнинг номининг охирги. ҳарфи, яъни «Т» билан бошланувчи бошқа бир тузнинг номини айтади.

Масалан, Калий нитрат-Темир(III) сулъфат-Темир(III) сулъфат-ва хоказо. Ёки, масалан, Натрийли селитра — Аммоний хлорид — Диметил аммоний хлорид-ва хоказо.

Қайси ўқувчи 5 — 10 дақиқа давомида номини айта олмаса, тухталиб қолса, у ўйиндан чиққан саналади. ўйин битта ўқувчи қолгунча давом эттирилади. Энг охирида қолган ўқувчи ғалаба қилган ҳисобланади.

  1. Топономик ўйин

Бир хил катталикдагн қоғозга элементлар номлари ёзилади: мис, олтин, кумуш, қалай, қўргошин, темир,      симоб, олтингугурт,    углерод, рух, мишъяк, суръма ва хоказо.       ЎЙИН ТАРТИБИ: элементлар номлари аралаштирилиб, ёзувли тамони пастга қаратилган ҳолда стол усти га ёйиб қуйлади. Ўқувчилар узларига тушган номларга қисқача изоҳ бериши керак.

Масалан, Олтин -тонг шафоғи, бериллий — ширин, алюминий — аччиқтош, аргон — дангаса ва хоказо.

Ўйинга таклиф этилган ўқувчиларга 5 тагача қоғоз олишга рухсат этилади. Ўқувчи жавоб бера олса, ном ёзилган қоғозни ўз қулида олиб қолади, жавоб бера олмаса уни жойига қуяди. Демак, ўқувчиларнинг ҳар бир туғри жавобига бир бал берилади.

Бу ўйинни бутун гуруҳ ўқувчилари иштирокида уюшитириш мумкин. ўйин давомида қайси ўқувчи кўп балл тўпласа, ўша ўқувчи ғолиб деб топилади.

Топономик ўйин ўқувчиларни дарсликдан ташқари материалларни кўпроқ ўқишга  мажбур этади.

  1. Ҳам чизамиз, ҳам узамиз

Бу ўйинда бирор моддани гибридланиши чизилиб, чизилган қоғоз   тенг катталикдаги бўлакларга ажратилади ва бўлинади. Бўлакчаларни аралаштирилади. Иштирок этувчи ўқувчиларга ўша моддани гибридланишини тузилиши берилади. Тузилишни ким тўғри ва тез бажариб бўлса, ғолиб ҳисобланади.

Бу ўйинни мусобақа тарзида 2 ўқувчи , 2 команда ва хатто 2 гуруҳ билан қизиқарли қилиб ўтказиш мумкин.

Д.И.Менделеевнинг элементлар даврий системасини ўрганамиз

ЎЙИН ТАРТИБИ: Ўйин ўқувчилар билан индивидуал равишда ташкил қилинади. Диаметри 1 — 2 см ли қалин қоғоздан ясалган доирачаларга даврий системасидаги барча элементлар белгилари ёзилади(лантаноид ва актиноидларни қўшиш ихтиёрий). Шундан сўнг элементларни 8 та гурухга ажратиб, 8 та ҳалтачага жойлаштирилади. У’йин бошқарувчи қулида элементлар даврий системаси туради. Ўқувчиларга эса даврий системасининг элементлари ёзилм:аган бўш катакчали куринишда тарқатилади. Ўйин бошқарувчи ёрдамида 2 — 3 ўқувчини чақиради. Улар ҳам ёрдамлашадилар, ҳам ўйинда иштирок этадилар.

I-турда: 1 — гуруҳ элементлари яъни 1 — катакча ўйналади. Бунда ёрдамга чиққан ўқувчилар қопчадаги элементларни олиб бошқарувчига бериб турадилар. Бошқарувчи эса , олинган элементларни номини баланд овоз билан айтади . Иштирокчилар айтилган элементларни қўлларидаги бўш системасига жойлаштирадилар.

Ўйинни ўқитувчи назорат қилиб туради. Хар бир тур якунига экранда ўқувчиларни жойлаштирган элементларини текшириб, қай даражада тўғри эканлигига қараб баҳо ёки балл берилади. Ўйин якунида барча ўқувчиларнинг баллари ҳисобланади. Ким кўп балл йиғса ғолиб саналади ёки баллар сонига қараб баҳолаш мумкин.

Бу ўйин ўқувчиларда даврий системасини ўрганишга қизиқишни уйғотади. Зеро элементларни даврий системасида жойлашшини билиш, кимё фанини ўрганишда ва масалалар ечишда жуда кўп асқотади.

  1. “Ким кўп ёзади” ўйини

Ўйин таркиби: Ўқувчилар олдида фақат қоғоз ва қалам бўлқҳи керак. Ўйинни «Асослар», «Кислоталар» , «Тузлар» мавзуси бўйича ўтказиш айниқса яхши натижа беради. Бу Ўйин учун маълум вақт белгиланади. Масалан, «Кислоталар» мавзуси эълон қилинади дейлик , ўқувчилар эса белгиланган вақт ичида узлари билган барча кислоталарни ёзиб чиқадилар. Ёзилган ҳар бир кислота учун бир балл берилади. Ўйинда энг кўп балл туплаган ўқувчи ғолиб ҳқобланади.

 

Jizzax VPKQT va MOI o’qituvchisi Jabborov Maqsuddan.

Jizzax VPKQT va MOI o’qituvchisi Jabborov Maqsuddan

МАКТАБ КИМЁ ДАРСЛАРИДА КОМПЬЮТЕР ТЕХНОЛОГИЯЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ

 Кимё дарсларида компьютер технологияларидан фойдаланиш ўқувчининг ўз устида изланишларга ва қизиқишининг ортишига сабабчи бўлади.

kompКомпьютерда ҳар бир ўқувчи фани бўйича тестлар тузиш ва уларга жавоб бериш, хатолар устида ишлаш, ўтказиладиган лаборатория тажрибаларини моделлаштириш, берилган тажриба шартларига якун ясаши мумкин. Шунингдек, расмлар, таблицалар, анимация, видео кўринишлар, катта текстлардан фойдаланиш ўқувчига унинг учун қулай бўлган тарзда материални қабул қилиш, уни ўзлаштиришда қулай шароит яратади.

Компьютер ўқувчининг эркин фикрлашини ривожлантиришда катта роль ўйнайди. Ҳар турли материаллардан фойдаланиб дарс ўтиш жараёнида формулаларни ва бошқа керакли кўргазмали қуроллардан фойдаланиш мультимедиада амалга оширилади. Агарда ўқитувчи ва ўқувчи биргаликда иш олиб борса, мультимедиани товушли ва видео кўринишда фойдаланиш мумкин.

Кўпчилик дарс ўтиш жараёнида компьютер технологияларининг қўйидаги дастурларидан фойдаланилади.

Рангли картина ва расмлариллюстратив қаторни кенгайтириш имкониятини беради, дарсни реал ҳаётга яқинлаштиради.

Видео кўринишлар – дастлабки ўқув кино ва видеофильмларнинг ролини бажаради. Шунингдек компьютер технологиялари билан тайёрланган бундай кўринишлар дарс боришини янги сифат босқичига олиб чиқади (кадрни нусхалаш, кадрни катталаштириб кўрсатиш, кадрларни матн билан биргаликда кўрсатиш ва ҳоказо).

Оддий анимациялар – “жонли расмлар” кўринишидаги кимё дарси боришининг қисқача динамикасини беради. Бу босқич кейин пайдо бўлувчи формулалар, кимёвий элементларнинг қўшилиб, формула пайдо этиши, кадр ортидан ўқитувчи товушини, мусиқани ўз ичига олиши мумкин.

Сюжетли анимациялар — дастурий мультфильмларнинг аналоги бўлиб, улар мураккаб кимё дарсларининг бориши ҳақидаги қисқа видео кўринишларни ўз ичига олади.

Интерактив моделлар – бу ҳам анимация бўлиб, ундаги таблицалар бир вақтда қўйилиши мумкин.

Дидактик материаллар – масалалар, машқлар, рефератлар тўплами.

Тест дастурлари – дидактик материаллар ролини бажариб, тест топшираётган ўқувчининг билим даражасини объектив баҳолаш имкониятини беради.

Виртуал тажрибалар тизими – ўқувчиларга «виртуал лаборатория»да тажриба ўтказиш имкониятини яратиб, унда одатда хавфсизлик тарафдан йўл қўйиладиган тажрибаларни бемалол ўтказиш мумкин.

Бугунги куннинг ўқитувчилари олдига қўйиладиган асосий талабларнинг бири мактабларда дарс ўтиш самарадорлигини яхшилаш ўқувчиларга сифатли билим беришдан иборат. Фақат кимё дарслари эмас, балки ҳар қандай фанни ўқитишда ҳам компьютер технологияларидан самарали фойдаланиш юқори кўрсаткичлар беради. Энг аввало ўқитувчининг ўз устида мустақил ишлаши, билимини ошириб бориши, янги замонавий адабиётлар билан танишиб боришини талаб қилади.

Jizzax VPKQT va MOI o’qituvchilaridan

Bobur ЗАҲРИДДИН МУҲАММАД БОБУРНИНГ ЭКОЛОГИЯ ФАНИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТАРИХИГА ҚЎШГАН ҲИССАСИ

Инсонни ҳар томонлама юксак маънавий фазилатларини камол топтириш келажак эгалари бўлган ёш авлодни бой маданий ва маънавий меросимизга ҳамда тарихий қадриятларимизга ҳурмат-эътибор, меҳр-муҳаббат руҳида тарбиялаш айниқса, атроф-муҳитга бўлган муносабатини тўғри шакллантириш олдимизда турган муҳим вазифалардан бири ҳисобланади. Шунинг учун ҳам улуғ мутафаккирларимизнинг асарларини ўрганиш ва талқин қилиш бугунги куннинг долзарб муаммоси ҳисобланади. Бобомиз Заҳриддин Муҳаммад Бобурнинг ҳаёти ва ижоди қадимги Мовароуннаҳр, хусусан, Самарқанд билан боғлиқлигини адибнинг «Бобурнома»сида аниқ ва яққол кўришимиз мумкин. Асарни ўрганишимиз жараёнида Заҳриддин Муҳаммад Бобурни адиб, шоир сифатидагина эмас, балки зукко билимдон ва кузатувчи олим, географ, табиатшунос, эколог, этнограф ва санъатшунос сифатида гавдаланади.

 «Бобурнома»да Бобур Самарқанд мевалари ҳақида маълумот бериб, айниқса, олма ва узум Самарқандда яхши бўлишини қайд қилади: «узум ва қовуни, олмаси ва анори, балки ҳамма меваси хуб бўлур, вале икки мева Самарқанддин машҳурдур: «Себи Самарқанд» ва «Соҳиби Самарқанд» меваларига катта таъриф беради.

Бобур Самарқандда биринчи марта ҳукмронлик қилганда шаҳар ва унинг атрофи билан яқиндан танишган. Шунинг учун ҳам у ўз асарларида шаҳар ҳақида, атрофидаги қишлоқ ва тоғ, боғлари тўғрисида батафсил мукаммал маълумотлар беради. Булар орасида ҳозирги кунда бутунлай йўқолиб кетган бинолар ва боғлар тўғрисида маълумотлар бор. Масалан, Бобур Самарқандда XV асрда барпо этилган боғларни ҳам батафсил тасвирлаган. Жумладан, Темур яратган боғлардан Самарқанднинг Шарқ тарафида Боғибулду ва шаҳарга яқинроқ Боғи дилкушо ўртасида узун ва тўғри кўча бўлганлиги, бу кўчанинг икки томонида тераклар экканлигини қайд қилади. Яна Пуштаи Куҳакнинг доманасида конигилнинг қора суйининг устидаким, бу сувни Обираҳмат дерлар, бир боғ солибдур. Бу боғни «Бобурномада» тасвирлаганича, Темурнинг Чўпонота ён бағрида, Обираҳмат устида Нақши жаҳон номли боғи бўлган, бироқ бу боғ Бобур Самарқандда бўлган вақтлардаёк ҳаробага айланган экан. Шундан кейин Бобур Темур боғларидан Самарқанд жанубидаги шаҳар қалъасига яқин бўлган Боғичинор, калъа ғарбидаги Боғи шамол, Боғи бихишт кабилар ҳақида ҳам хабар беради.

Бундан ташқари, Боғимайдоннинг қуйироғида Дарвиш Муҳаммад Тархон ажойиб бир боғ барпо этилганлиги ҳақида ҳам Бобур батафсил ёзади. Дарвиш Муҳаммад Тархон боғи тўғрисида «Анингдек сафолик ва ҳаволик ва мадди назарлик чорбоғ кам бўлган»- дейди. Айниқса, бобур жойларнинг ўсимлик, ҳайвонот дунёсининг, табиий бойлигини, хўжалик имкониятларини, у ёки бу ҳайвон ва ўсимликнинг ҳаёти ва хусусиятини тасвирлаганда ўзининг ниҳоятда кузатувчанлигини, чуқур илмий билимга эга эканлигини, фойдали мақсадларини амалга оширишга интилувчанлигини кўрсатди. Масалан: «Бобурнома»да мингдан зиёд географик ном-мамлакат, шаҳар, қишлоқ, қалъа, дашт, тоғ-давон, дара, кўприк, кул, чашма, боғ, яйлов, ўтлоқ ва бошқа жойларнинг номлари тилга олинган. Буларнинг кўпчилиги Ўзбекистон билан боғлангандир. Бундан ташқари «Бобурнома»да Андижоннинг «Мир Темурий» навли қовуни, ношвотиси, Хўжанд ҳавосининг уфунати борлиги, кузда эл безгак бўлиши, Қаршининг ёз оқшомлари ҳавоси ниҳоятда енгил ва софлиги, Бағрикора мурғаки, Қарши номли қушлари ва бошқалар шундай тасвирлаганки, кўз олдимизда Бобур ўз даврининг буюк географи, ўткир зеҳнли мусаввирдек гавдаланади.

Бобур ўз юртида бир йил тўрт йил фасл бўлгани ҳолда, Ҳиндистонда эса бир йил уч фасл эканлиги, ҳар фасл тўрт ойдан иборат эканлигини қайд этиб, фасл ва ойнинг ҳар икки тилдаги номларини бир-бирига қиёслаб тушунтиради. Бобур бундан ташқари, Ҳиндистон қушлари ҳакида гапирар экан, уларнинг кўриниши, сайраши-овозини Ўзбекистондаги қушларнинг ўшандай хусусияти билан солиштиради, уларнинг номларини қиёслайди. Айни пайтда Ҳиндистоннинг мевалари, гуллари тўғрисида хам фикр юритиб, уларнинг хусусияти ва номларини ўзбек тилидаги номлари билан қиёслайди.

Бобур 1507 йил қишида Ҳиротдан Қобулга келади ва шу йилнинг баҳорида Бобур бир оз тинчиб, аёллар билан бирга Борон ёқаларига, Чоштуба даштига, Гулбаҳор деб аталган тоғ этакларига сайрга чиқади. Бу ерлар анвойи гуллар, ҳар хил лолаларга бой чаманзор ерлар эди. Бобурнинг топшириғи билан лолалар хилини санайдилар ва 34 турини аниқлайдилар. Бобур ана шу гўзал манзарадан завқланиб қуйидаги мисра билан бошланувчи ғазалини ёзади:

 

 

Сабзау гуллар билан жаннат бўлур Қобул баҳор,

Хосса бу мавсумда Борон ёзисин Гулбаҳор.

Шу давр ҳукмдори Бобурнинг амрига биноан Қобул вилоятига олча кўчатлари келтириб ўтказилган, шакарқамиш экилган. Пағмонда (Афғонистондаги бир қишлоқ) айланма бўлиб оққанидан кўп миқдордаги суви йўқолиб кетадиган бир ариқни Бобур тўғри канал қаздириб, унинг сувини тартибга солган. Юқорида келтирилган мисоллардан кўриниб турибдики, тоғ, ўсимлик ва ҳайвонот дунёси, об-ҳаво, масофа, аҳоли ва давр, буларнинг барчаси табиат билан боғлиқ эканлиги китобхонда яхлит ва атрофлича тасаввур колдириш учун Бобур буларнинг барчасини биргаликда қўшиб тасвирлаган. Бобур ўз асарида борган жойларининг табиати, табиий бойлиги, одамларнинг урф-одатлари ҳайвонот олами, ўсимликлари ва қолаверса бутун маданияти, маънавияти тасвирланган. Асар муҳим атамалар ва топонимик манбаларга бой. Унда табиат, иқлим, ер, сув, ҳаво турли табиий ходисаларга тегишли халқ сўзлари кўплаб учрайди. Асарда «Бобур бирон бир сафарга чиқишдан олдин ер, сув, табиатни билган кишиларни чорлаб, атроф ва томонлар суриштирилар эди» деб таъкидлаган. «Бобурнома» асарида ҳар бир шаҳарни, худудни маълум тартибда тасвирлайди, улар ҳақида маълумот беради. Бобур овга жуда қизиққан, шунинг учун  Марказий Осиё, Афғонистон, Хуросон ва Ҳиндистонда яшовчи ҳайвонларнинг турлари, яшаш шароитлари, озиқланиши ҳақида батафсил маълумот берган. Алломанинг фикрича, ўша даврларда Фарғона водийсида Антилопалар, тоғ эчкилари, какликлар ва бошқа ҳайвонлар кўп бўлганликлари ҳакида маълумотлар беради.

Захриддин Мухаммад Бобурнинг ўз асарларида баён этган фикрлари, ахлоқий-таълимий ва экологик қарашлари мустақиллик даврида камол топаётган ёшларни атроф-муҳитни муҳофаза қилишга ўргатишда ғоят қимматли манба бўлиб ҳисобланади.

Қобилжонов Рустам,

Жабборов Мақсуд

Жиззах ВХТХҚТМОИ катта ўқитувчилари

 

Jizzax PKQT va MOI o’qituvchisi Jabborov Maqsuddan

“SUV—HAYOT MANBAI” NOMLI TADBIRNI TASHKIL ETISH SENARIYSI

Aziz o’quvchi! Siz kelajakda qanday mutaxassislikni egallashingizdan qat’iy nazar shuni bilishingiz va uqib olishingiz shart. Siz yaratgan barcha narsalar: yangi korxonalar, sanoat markazlari, shaharlar shunday joylashtirilishi va barpo qilinishi kerakki, bunday yangi qurilishlar tabiatga, atrof-muhitga zarar keltirmasin. Ular suv havzalarini, havo va tuproqni zararlamasin. Ushbu «Suv—hayot manbai» deb nomlangan tadbir sizga suvga nisbatan hurmat, mehr-muhabbat va uni tejash hamda undan oqilona foydalanish xususiyatlarini shakllantiradi.

O’tkaziladigan tadbirning maqsadi:

Ta’Iimiy maqsad: o’quvchilarga tabiatda suvning ahamiyati, suv boyliklari, suvning ifloslanishi, uni muhofaza gilish yo’llari, Orol muammosi va uning hozirgi kundagi yechimi haqida tushuncha hosil qilish.

Tarbiyaviy maqsad: Tejamkorlikka o’rgatish va ekologik tarbiya berish.

Jihozlash: Dunyo tabiiy xaritasi, O’rta Osiyo tabiiy xaritasi, atlaslar, Orol dengizi to’g’risidagi rasmlar, kitoblar.

Kutilgan natijalar: O’quvchilar tadbir so’ngida suv muammosi, uni yechishda qo’shiladigan hissalari haqida bilib olishlari kerak.

Fanlararo bog’lanish: kimyo, iqtisodiy-ijtimoiy geografiya, kimyo, adabiyot, tarix, fizika, ekologiya, tibbiyot.

Tadbir rejasi:

  • Boshlovchi so’zi.
  • Suv haqida she’rlar.
  • Suv haqida maqollar.
  • Hadislarda suvqa hurmat qanday ifoda etilgan?
  • Asosiy qism: Turli soha vakillarining suv haqidagi fikrlari:
  • Adabiyotshunos ,Tarixchi,Geograf,Biolog,Kimyogar,Fizik

Ekolog,       Tibbiyot xodimi,

Qo’shiq va raqs

  • Xulosa Boshlovchi:

—Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz o’quvchilar, «Suv—hayot manbai» — deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz. Olamda eng oddiy toza suvday qimmatliroq, azizroq narsa bo’lmasa kerak. Suvsiz hayot yo’q va bo’lmaydi ham. Bum har bir kishi to’la tushunib yetishi va doimo esda tutishi

kerak. Shuning uchun har bir inson suvni ehtiyot qilishi ham farz, ham qarz, bu esa hayotni va sog’liqni, tabiat go’zalligini himoya qilish demakdir.

Ushbu tadbirimizda siz suv haqidagi she’rlar, maqollar, hikmatli so’zlar bilan tanishasiz. Shuningdek, biz o’qiydigan maktab fanlari, masalan, adabiyot, geografiya, biologiya, kimyo, fizika, ekologiya va boshqa barcha fanlarda suv mavzusi o’rganiladi. Biz turli fan sohasidagi vakillarni taklif etganmiz. Ular suv haqida ma’lumotlar beradilar.

Marhamat suv haqidagi she’rlar, maqollar va hadislardan namunalar tinglang.

1-o’quvchi:

Shahar joyida turibdi bu kun, Ularning zavoli kelmas xayolga. Merosiy xudbinlik borligi uchun, Qaramay qo’yibmiz afsus Orolga. 2-o’quvchi:

Otang ketsa agar aka bo’lasan, Onaning o’mini bosgay qiz singil. Dengizing qurisa ne’ham qilarsan, Qayga bosh urarsan ey munglig’ ko’ngil. 3-o’quvchi: Suvga qarab tuflama. Suvga qarab supurma.

4-o’quvchi:

Suv tabiatning bebaho in’omidir. Hayot suv bilan bog’liq,

Suv tamom bo’lgan joyda hayot ham tugaydi. 5-o’quvchi:

Suv zar, Suvchi zargar.

Boshlovchi: —Hadislarda suvga hurmat ganday?

1-o’quvchi: —Kim suvni, u xoh taqsimlab bo’ladigan va xoh taqsimlab bo’lmaydigan bo’lsin, hadya va meros qilishi joiz.

2-o’quvchi: Hadisda ehtiyojingizdan ortiqcha suvni man qilmangiz, aks holda o’t-o’lanlarning mo’l-ko’l bo’lmog’iga mone’lik gilursiz, deb marhamat qiladilar deyilgan.

Boshlovchi: Suv ozuqamiz va kiyim-bosh, libosimiz manbai. Suv va yer milliy boyligimiz. Hozir davraga turli fan sohalarining vakillarini taklif etamiz. Marhamat:

  1. Adabiyotshunos: Zahro Rasulova.
  2. Tarixchi: Hasan Isomov.
  3. Geograf: Safarmurod Ko’charov.
  4. Biolog: Shahno/.a Boboyorova.
  5. Fizik: G’ulomjon Daminov.
  6. Kimyogar: Ilhom Berdiyev.
  7. Ekolog: Zilola Tohirova.
  8. Tibbiyot xodimi: Nigora Rahmatullayeva.

Eslatib o’taman davra suhbatimiz mavzusi: «Suv — hayot manbai». So’z navbatini adabiyotshunos Zahro Rasulovaga beramiz, marhamat.

Adabiyotshunos: —Assalomu alaykum, aziz ustozlar va o’quvchilar. Haqiqatdan ham suv ilohiy mo’jizadir. Adabiy manbalarda suv haqida rivoyat, afsona, she’r va maqollar keltirilgan.

Rivoyat qilishlaricha bir kampir og’ir kasal bo’libdi. U o’g’lini yoniga chaqirib, «Falon buloqning suvidan olib kelsang men tuzalaman», — debdi. O’g’li onasining rayini qaytara olmay, yo’lga tushibdi. Yo’l uzoq bo’lganligi sababli, yo’lda uchragan bir ko’lmak suvdan onasiga olib kelibdi. Onasi suvni ichibdiyu, tuzala boshlabdi. Mana, suv qayemiki bo’lmasin, uning shifobaxshlik xususiyatiga ega ekanligini rivoyatda ham eshitdik.

Tarixshunos: —To’g’ri aytasiz. Qadimgi dunyo odamlari suvni hayot uchun zarur bo’lgan to’rt unsur(olov, havo, tuproq va suvjdan biri deb hisoblaganlar.

Suvga bo’lgan ehtiyoj juda qadim zamonlardanoq kishilarni yerosti va yer usti suvlarini qidirib topishga majbur qilgan. Cho’l va tog’ oldi hududlarida hanuzgacha saqlanib kelayotgan asriy quduqlar, uzundan-uzun koriz lahmlari, sardobalar o’tmishda ota-bobolarimizninq suv uchun olib borgan kurashlaridan dalolat beradi.

Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy, «Kitob surat al-Arz», hozirda «Geografiya» deb tarjima qilinqan asarida o’sha vaqtdagi daryolarning to’yinishida yerosti suvlarining ro’yxatini va suv miqdori to’g’risidagi ma’lumotlarni olish mumkin.

Geograf: —Haqiqatdan ham, yer sharining uchdan ikki qismi suvdan iborat. Ular okean, dengiz, daryo, ko’l va muzliklarni tashkil etadi. Atmosfera va yer qobig’ida ham ko’plab miqdorda suv mavjud.

Yer sharida erkin suv zahirasi 1.4 mlrd.km3. Suvninq asosiy hajmi okeanlarga to’g’ri kelib, 97,06 foiz suvning atmosferadagi aylanishi o’rtacha 10 sutkani tashkil etib, bu ko’rsatgich geografik kenglik bo’yicha o’zgarib boradi.

Oqadigan ko’llar suvi 10 yillarda, oqmaydigan ko’llar suvi 200-300 yilda almashinishi aniqlangan. Suvning aylanishi va almashinuvi juda muhim geografik va kimyoviy, biologik ahamiyatga ega bo’lgan jarayon hisoblanadi. Buning natijasida quruqlik ichimlik, ya’ni chuchuk suv bilan ta’minlanadi. Agar yer sharidagi barcha suvni 1 banka deb hisoblasak, shu suvning 2.05 foizi chuchuk suvga to’g’ri keladi.

Biolog: —Darvoqe, inson organizmining 65 foizini suv tashkil etadi. Yosh o’tib borishi sayin miqdor ham kamayib boradi. Barcha tirik organizmlarda suv muvozanati mavjud bo’lib, moddalar almashinuvida katta ahamiyatga egadir.

Bir sutkada insonning ovqat hamda chanqog’ini bosish maqsadida iste’mol qilingan suvi taxminan 2-2.5 litrni tashkil etardi. Buyraklar orqali moddalar almashinuvi natijasida suvning 50-60 foizini tashqariga chiqarib yuboriladi. Suvga oid ayrim ma’lumotlarni keltirib o’taman:

  • Suv tarkibida odam organizmi uchun zarur bo’lgan yigirmaga yaqin mikroelementlar borligi aniqlangan.
  • Ftor oziq-ovqatlar bilan juda kam miqdorda singadi. U asosan suv bilan organizmga kiradi.
  • Qovunda 16-18 foiz, tarvuzda 6-11 foiz, qovoqda 8-10 foiz qand va turli moddalar bor. Ammo ularning asosiy qismi suvdan iborat.
  • Olinadigan hosilning har tonnasi uchun bug’doyga 1500 tonna, sholiga 4000 tonna suv sarflanadi. Bir bosh karam sutkasiga 1 kg.suvni ichadi.

Fizik: —Suv haqida ma’lumotga ega bo’lish uchun suvning fizik xususiyatlarini bilishi muhim ahamiyatga ega.

Toza suv rangsiz, ta’msiz, hidsiz, tiniq suyuqlikdir. Hid bilan ta’mni suvda unda erigan qo’shimchalar beradi. Suv uch xil holatda uchraydi. Suvning 4° C dagi zichligi 1000 kg.m3. Harorat pasaygan sari suvning zichligi kamayib, muzning zichligi 900 kg.m3 gacha pasayadi. Shuning uchun muz suvning ustida qalqib yuradi.

Suv 0°C da muzlaydi, 100° C da qaynaydi va bug’ holatiga o’tadi. Suv ajoyib universal eruvchi modda bo’lib, o’zida juda ko’plab anorganik va organik moddalarni eritish xususiyatiga ega.

Kimyogar: —Suvning fizik xususiyatlarini eshitdingiz. Suv o’ziga xos kimyoviy xossalarga ham ega. Suv 100° C dan yuqori haroratda suv bug’lari parchalanib, vodorod va kislorod hosil qiladi. Aktiv metallar bilan ta’sirlanib uning tarkibidagi vodorodni ajratib chiqaradi.

2Na + 2H20 = 2NaOH + H2

Suvning reaksion qobilyati ancha katta. Ko’p metallar va metallmaslarning oksidlari suv bilan ta’sirlashganda asos va kislotalar hosil bo’ladi.

CaO + H20 = Ca(OH)2

S03 + H20 = H2S04

Ba’zi tuzlar suv bilan kristallogidratlar hosil qiladi. CuSO, + 5H O = CuSO,x5H„0

Boshlovchi: —Suv haqida ko’p ma’lumotlarni aytib o’tdik. Lekin hozirda suv bilan bog’liq bo’lgan global muammolar mavjud. Bu haqida ekolog nima deydi?

Ekolog: —Hozirgi paytda asosiy muammolardan biri bu suvning ifloslanishi va chuchuk suvning yetishmasligidir.

Suv 2 xil holatda ifloslanadi:

  1. Tabiiy: tabiiy ofatlar, shamol, dovul, yashin va sellar, kosmik

changlar, vulqonlarning otilishi, o’simlik va hayvonlarning o’lishi va chirishi sabab bo’ladi.

  1. Sun’iy: sanoatning turli tarmoqlari, neft mahsulotlari, kimyoviy o’g’itlar va chiqindilar, maishiy kommunal shaxsiy xo’jalik chiqindilari sabab bo’ladi.

Bizning vazifamiz birinchidan suvning ifloslanishini oldini olish, ikkinchidan iflos suvni tozalash.

Suv shunday mo’jizaki, u o’zini-o’zi tozalash xususiyatiga ega. Suvdagi bakteriyalar, zamburug’lar va suv o’tlari suvni tozalaydi.

Bugungi fan taraqqiyoti suvni tozalashning 4 usulini amalga oshirmoqda.

  • Mexanik usul. Maxsus qurilmalar yordamida suvga qo’shilgan eritmagan og’ir zarralar suv yuzidagi moy, yog’, neft, va boshqa organik mineral moddalar ushlab golinadi.
  • Biokimyoviy usul bilan tozalashda turli mikroorganizmlardan foydalaniladi.
  • Fizik-kimyoviy usulda suvdagi iflos moddalar maxsus erituvchilar yordamida parchalanadi, ajraladi, eriydi va quyuqlashadi.
  • Dezinfeksiya usulida turli kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi. Masalan: Suvni xlorlash, bir muhim muammolarimizdan yana biri bu Orol muammosidir. Prezidentimiz I.Karimov o’z asarlarida Orol muammosi, unga yordam berish va muammoning oldini olish haqida alohida ta’kidlab o’tganlar.

Boshlovchi: —Mana, suv haqida barcha fan sohalari vakillarining ma’lumotlarini eshitdik. Qani, tibbiyot xodimi suv haqida nima deydi?

Tibbiyot xodimi: —Jamiyatni suvsiz tasawur qilish qiyin. Bugungi kunimiz kelajagimizning farovonligi va sog’lom hayot tarzimiz, atrof-muhit go’zalligi va tozaligi bularning barchasi suvga bog’liq.

Suv shifobaxsh ne’mat. Tarkibidagi minerallarning turi, miqdoriga qarab shifobaxsh buloqlar aniqlangan. Masalan: Omonxona, Qashqadaryo sohilidagi shifobaxsh buloqlarni misol keltirishimiz mumkin.

Shu bilan birgalikda suv bilan bog’liq bo’lgan muammolar talaygina. Masalan: har xil yuqumli kasalliklarni tarqalishining bir yo’li suv orqali amalga oshadi. Shuning uchun suvni toza saqlash, iloji boricha qaynatilgan suvni iste’mol qilish zarur.

Boshlovchi: Endi o’quvchilarimizning sizlarga beradiga savollari bor. Marhamat.

1-o’quvchi: —Suvning gattiqligi nimaga bog’liq? Kimyogar: —Suvning qattiqligi asosan unda kalsiy va magniy tuzlari borligiga bog’liq. Suvning qattiqligi 2 xil bo’ladi:

  • Muvaqqat yoki yo’qotiladigan qattiqlik.
  • Doimiy qattiqlik.

Suvda Ca(HCO)2 va Mg(HC03)2 borligi tufayli kelib chiqadigan qattiqlikni yo’qotiladigan qattiqlik deyiladi. Bunday qattiqlik suvni qaynatish bilan yo’qotiladi.

Agar suvda CaS04 va MgCl2 bo’lsa, bu tuzlar keltirib chiqaradigan qattiqlik doimiy qattiqlik deyiladi. Bunday qattiqlikni qaynatish yo’li bilan yo’qotib bo’lmaydi.

2-o’quvchi: —Suvning isrofgarchiligini oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish zarur? Bu savol yuzasidan har bir soha vakillari o’z fikrlarini bildiradilar.

Suvni isrof qilmaslik, undan tejab foydalanish har birimizning burchimiz hisoblanadi. Suvni isrofgarchiligini oldini olish uchun:

Birinchidan, ariqlardan oqayotgan suvni bekorga oqishining oldini olish. Ikkinchidan, vodoprovod suvidan foydalangandan so’ng jo’mragini yopib qo’yish maqsadga muvofiqdir. Hattoki ro’zg’orda suvdan foydalanganda ham undan foydalanish ham suv isrofgarchiligining oldini oladi.

Boshlovchi: —Endi navbatni chiroyli qo’shiq va raqsga beramiz. (Qo’shiq ijro etiladi) Xulosa

«Suv — hayot manbai» deb nomlangan ushbu tadbir maktabda fanlarning bir-biriga uzviy bog’liqligini ta’minlaydi.

O’quvchilarning tafakkurini shakllantirishga dunyoqarashini kengayishiga yordam beradi.

O’quvchida atrofda sodir bo’ladigan jarayonlarga o’z munosabatini bildirishga, ekologik muammolarga befarq bo’lmasligiga erishiladi.

O’quvchilarni—vatanga muhabbat, tabiat va suvni asrab-avaylash ruhida tarbiyalaydi.

O’qituvchi xuddi shu darslarda o’quvchilarda biologiya asoslari berish bilan birga ularga ekologik me’yorlar haqida chuqurroq ma’lumot bersa, biologiya darslarining samaradorligi ortadi.

Suv – asosiy ekologik komponentlardan biri. Darslikda shunday savol qo’yilgan – Ichimlik suvda qanday qo’shimchalar bo’lmasligi kerak ? Bu savol bejiz o’rtaga tashlanmagan. Bunda suvning sifatini saqlash, har xil qo’shimchalarning bo’lishi uning sifatiga ta’sir etish, undagi miqdor o’zgarishlari sifat o’zgarishlariga olib keladigan jarayon ko’zda tutilgan. Bu so’zning ma’nosi tabiatda “ichiladigan suv”, “toza suv”, “iflos suv”, “yumshoq suv”, “qattiq suv”, “og’ir suv” va boshqa sifat jihatidan bir – biridan farq qiladigan suvlar borligini ta’kidlaydi. Bularni o’qituvchi tushuntirib berayotganda albatta bu suvlardan qaysi biri ekologik me’yorlarlarga uning talablariga javob berishini qisqacha aytib o’tish kerak.

Tabiiy suvdagi vodorod ko’rsatikichining normasi 6.5 dan 8.3 gacha bo’ladi. Agar bu me’yoridan chetga chiqsa suv ekosistemasidagi biologiyaviy, geologik va biologiyaviy jarayonlarga salbiy ta’sir etadi, ularning funktsiyasi buziladi. Tabiatda xuddi shunday vodorod ko’rsatkichlarining me’yoriy buzilishi natijasida tashlanmalarda, Orol dengizida korroziya hodisasi kuchaygan.

Suv ekosistemalarida fosforning suvdagi miqdori 0,01 mgG’l dan oshmasligi kerak. Agar fosforning miqdori belgilangan me’yordan chetga chiqsa, masalan, oshsa ekosistemaning ko’pgina funktsiyalari buziladi. eng avvalo suv o’tlari gullaydi, suv o’tlarining gullashi natijasida kislorod tanqisligi ortadi. Kislorod etishmasligi oqibatida suv havzasining flora va faunasi nobud bo’la boshlaydi.

O’quvchilar ba’zi joylardagi suvlarning tarkibidagi yod elementining me’yordan kam ekanligi oqibatida odamlarning “buqoq” kasalligi bilan og’rishini biladilar, ularda ekologik me’yor eng sodda ko’rinishda ongiga singgan. Agar biz o’quvchilarni bu haqdagi bilimlarini kengaytirsak, ular ham suv, havo, tuproq va boshqalarni asrashda, toza saqlashda bizga katta yordam beradilar.

Suv havzalarining kislorodga to’yinganlik me’yori 10 % dan to 50 % gacha, kaltsiy 25 mgG’l gacha xlorning miqdori 100 mgG’l dan to 500 mgG’l tiniqlik me’yori 50 sm dan to 200 sm gacha bo’lishi kerak. Bular suvning tabiiy me’yorlari bo’lib, bular xuddi shu chegarada saqlansa suvning sifatiga zarar etmaydi, ya’ni uning o’zini o’zi tozalash qobiliyati, rang hidi tiniqligi harorati va boshqalar saqlanib qoladi. Uning tarkibida mikroblar, har xil kasallik tarqatuvchi viruslar bo’lmaydi.

Olimlarimiz tajribalarida ko’rsatishicha neftning miqdori 1 l suvda 0,1 mg dan 0,01 mg gacha neft bo’lsa neftning bu kontsentratsiyasida baliqlar o’ladi, faqatgina baliqlar emas, balki mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar ham yashay olmaydi.

Ekologik me’yorlarlarning buzilishi oqibatida ekokomponentning eng oldin ekologik qiymati, iqtisodiy qiymati yo’qoladi. O’z – o’zidan ravshanki, bu ikki xil qiymatning yo’qolishi natijasida estetik qiymati yo’qoladi.

Suvning iqtisodiy qiymati uni energiyasi, ichish ehtiyojini qondirish texnika vositalarida ishlatish, sug’orish ishlaridagi qiymati va boshqalarni o’z ichiga oladi.

O’quvchilar yuqoridagi misollardan shunday xulosalarga keladiki, har bir biologiyaviy birikma, suv, havo, tuproq, o’simliklar va boshqa faqatgina iqtisodiy estetik qiymatga ega bo’lmay, balki ekologik qiymatga ham, ekologik bahoga ham ega ekan.

Tabiatda keraksiz bo’lgan o’simliklar, keraksiz bo’lgan hayvonlar, hatto D.I.Mendeleev aytganidek, keraksiz bo’lgan biologiyaviy elementlar ham yo’q. Faqat ulardan noto’g’ri me’yorini bilmay foydalanigina “yaxshi va yomon” degan iboralarni keltirib chiqargandir. Ekologik qiymatning iqtisodiy qiymatiga nisbatan farqi shuki, u faqat birgina avlod uchun ekokomponenti ishlash qobiliyatini funktsional xususiyatlarini sifat ko’rsatkichlarini tabiiy bog’larini nisbiy tabiiy muvozanatini saqlab qola oladi.

Suv biosferadagi barcha komponentlari tarkibida bo’lib biosfera elementlari o’rtasidagi nisbiy muvozanatni saqlashda katta rol o’ynaydi. kologik me’yorlarlarning uzilishi, chetga og’ish natijasida ekokomponentning barcha qiymatlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi har bir ekologik kompanentning suv, havo, er, tuproq va boshqalar uch xil qiymati bo’ladi iqtisodiy qiymati, ekologik qiymati, estetik qiymati.

Kimyo darslarida ekokompanentlarning qiymati haqidagi ilm, o’quv, bilim doirasini kengaytiradi, uning biologiyaviy ishlab chiqarishdagi roli, erituvchi sifatida ishlatish reaktsiya agenti, katalizator yutuvchi xususiyatlarini ko’rsatib uning qiymati, uni asrash kerakligini ham o’quvchilar ongiga singdiradi.

Kimyo, biologiya, ekologiya ajralmas birlik ularni har qadamda uchratish mumkinligini qayta – qayta o’rgatisho’quvchilar ongiga singdirish lozim.

 

 

Jizzax MOI o’qituvchilaridan

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA O’QUVCHILARNING KIMYOVIY BILIMLARINI OSHIRISHDA INGLIZ TILIDAN FOYDALANISH

 ИСПОЛЗОВАНИЕ АНГЛИСКОГО ЯЗЫКА В СРЕДНИХ ШКОЛАХ ЧТОБЫ УВЕЛИЧИТЬ ЗНАНИЕ УЧЕНИКОВ ПО ХИМИИ

 USING ENGLISH TO ENHANCA PUPILS CHEMISTRY KNOWLEDGE IN SECONDARY SCHOOLS

 M.M. Jabborov, A.Anorboyev – Jizzax viloyati

pedagog kadrlarni qayta tayorlash va malakasini

oshirish instituti o’qituvchilari

 

Mazkur maqolada umumta’lim maktablari o’quvchilarining kimyoviy bilimlarini chet (ingliz) tili bilan bog’lab o’rganish haqidagi fikrlar bayon qilingan. Kimyoni ingliz tili bilan bog’lab o’rganish uchun dars ishlanma namunasi keltirilgan.

В статье рассматривается интеграции химии с английским языком учеников средного образованнее школы. Показано примеров преподавание химии и с интеграции уроков английского языка.

This article discusses the integration of chemistry with English language  in secondary school educated of puples. Shows an example of teaching chemistry and integration with English lessons.

Kalit so’zlar: kimyo, ingliz tili, laboratoriya, modda, indikator.

Ключевые слова: химия, английские язык, лаборатория, вещества, индикатор.

Key words: chemistry, English, laboratory, sold, regent, indicator.

ХХI asrda fan-texnika taraqqiyoti o’tgan asrlarga nisbatan yanada takomillashdi. Bu davrga kelib insoniyat hayotining har qaysi jabhasiga fan-texnika taraqqiyoti o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatmoqda. Xususan, chet tilini o’rgatish bugungi kunning dolzarb masalasi, to’g’ri talablaridan sifatida qaralmoqda. Respublikamizda sodir bo’layotgan siyosiy-ijtimoiy o’zgarishlar mamlakatimizdagi ulkan ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’lmoqda.

Hozirgi yoshlarimizni chet tillarini bilishdek zarur malaka va ko’nikmalarsiz, kasbiy va ijodiy mahoratga ega bo’lishdek ajoyib hislatlarsiz tasavvur qilish qiyin.

Biz yashab turgan dunyo tinimsiz o`zgarib turgan bir pallada dars mashg`ulotlari ham turli-tumanlikni talab etadi. Zamonaviy ta`limda shaxsni kamol toptirish, uni aqlan barkamol etib tarbiyalashda takomillashgan metodlarni qo`llash masalalari ilgari surilmoqda.1 Darslarda texnik vositalardan foydalanish an`ana tusiga kirib, endi yana yangi yo`nalishlarni kashf etish talab etilmoqda. Fanlararo bog`lanish, integratsiyalashgan darslar tashkil etilmoqda.

Ayniqsa, kimyo va ingliz tili fanlaridan integrallashgan bilimlar mazmuni va shu asosda kimyoni o’qitish orqali mazkur predmetlar bo’yicha o’quvchilarning puxta va samarali bilim olishlariga, rivojlantirishga, ilmiy dunyoqarashlarini kengaytirish va dunyoviy, xususan,  kimyoviy bilimlar haqida yetarli darajada to’liq tasavvurga erishishlariga muvaffaq bo’linadi.

Kimyoni ingliz tilida o`rganishning afzalliklari juda ko`p. Ma`lumotlarga ko`ra, kimyo fani bo`yicha 60 foiz ilmiy axborotlar aynan ingliz tilida chop etiladi. Bu esa ushbu fanni o`zlashtirishda chet tillarni ham puxta bilishni talab etadi. Quyida “Anorganik moddalarning asosiy sinflariga oid tajribaviy masalalar yechish” mavzusini ingliz tili bilan bog`langan holdagi dars ishlanmasi tavsiya etilmoqda.

Mavzu: “Anorganik moddalarning asosiy sinflariga oid

tajribaviy masalalar yechish”

     Darsning maqsadi:

  1. O`quvchilarda kimyoga oid masalalarni yechish va chet tilida o`z fikrini bildirish ko`nikmalarini shakllantirish.
  2. Anorganik moddalarning asosiy sinflariga oid bilimlarni takrorlash va mustahkamlash.
  3. Kimyodan tajribaviy masalalar yechish malakalarini rivojlantirish.
  4. Laboratoriya jihozlari bilan ishlash ko`nikmalari mustahkamlash va rivojlantirish.

Darsning borishi.

Kimyo o`qituvchisi dars borishi bilan tanishtiradi (3 daqiqa). Song ingliz tili o`qituvchisi darsda ishlatiladigan jihozlar, moddalar haqidagi lug`at bilan tanishtiradi.

So`zlar ma`nosiga ko`ra guruhlarga ajratiladi. Bu usulda kimyoviy atamalarni chet tilida o`zlashtirish asonlashadi.

Moddalar

Oksid – oxide

Asos – base

Tuz – salt

Kislota – asid

Ishqor – alkali

Indikator – indicator

Moddalarning fizik xossalari

Qattiq modda – solid

Gaz – gas

Suyuqlik – liquid

Rang – colour

Laboratoriya jihozlari

Probirka – test tube

Kimyoviy sklyanka – bottle

Shisha tayoqcha – glass stick

Qisqich – holder

Gorelka – burner

Fe`llar

Ta`sir ettirish — to react

Qizdirish – to heat

Aniqlash – to identify

Ishlatmoq – to use

Hosil qilmoq – to form

Qo`shish – to add

Tenglamalarga koeffisientlar tanlash – to balance an equation.

So`ng o`qituvchilar texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirib savol-javobga navbat berishadi.

Sinf guruhlarga bo`linib, “Kim ko`p so`z biladi?” o`yini o`ynaladi. Bunda kimyoviy atamalar ingliz tilida so`raladi.

Keyin kimyoga oid topshiriqlar beriladi:

1-topshiriq

  1. Tajriba yo`li bilan qaysi probirkada sulfat kislota – H2SO4, natriy gidroksid – NaOH, natriy sulfatdan Na 2 SO4 borligini aniqlang.
  2. CuSO4 mis sulfatdan CuO mis oksidi oling.

2-topshiriq

Maxsus kartochkalarda ingliz tilida berilgan topshiriqlar bajariladi.

Daftarlarda tenglamalar yozilib, shu asosda tajribalar bajariladi.

Lab Activity card

In the tasks 1 fill in the gaps with the words, in the tash 2-with the formulas. (1-topshiriqda tegishli joylarga kerakli so`zlarni, 2- topshiriqda tegishli joylarga formularlarni yozing).

  1. To identify an asid, an alkali and a salt_______________________is used.

NaOH is________. The universal indikator changes colour to____________.

H2SO4 is _____. The universal indikator changes colour to____________.

Na2SO4 is _____. The universal indikator changes colour to____________.

 

(Kislota, asos, tuzni aniqlash uchun_________________ishlatiladi.

NaOH- bu______. Universal indikatorni_______rangga o`zgartiradi.

H2SO4— bu_________. Universal indikatorni_______rangga o`zgartiradi.

Na2SO4— bu_______. Universal indikatorni_______rangga o`zgartiradi.)

 

  1. To get CuO starting with CuSO4 we will should get________ first.

To get _____A we should add _____B__to  SuSO4.______A is a blue solid.

To get CuO we should add _____A._____C is a black solid.

 

CuOni olish uchun dastlab_____A olish kerak.

______A ni olish uchun CuSO4ga _________ta`sir ettirish kerak.

_______A havo rang qattiq modda. CuO ni olish uchun______A ni qizdirish kerak. ______S-bu qora rangli qattiq modda.

To`g`ri javoblar:

  1. an alkali(base), blue, an asid, red, a salt, doesn`t change colour.
  2. A-Cu(OH)2 B-NaOH     C- CuO.

Kerakli so`z va formulalar yozilgandan keyin tajribalar bajariladi. Ingliz tili o`qituvchisi ingliz tilida, kimyo o`qituvchisi o`zbek tilida ko`rsatmalar berib boradi.

Bu moddani oling – take this regent

Probirkani qisqich bilan ushlang – use the holder

Probirkani qizdiring – heat the whole test-tube

Bu tajribani oz muddatga qoldirib, boshqa tajribani bajaring – leave it for some time, do another experiment.

Kislota bilan ishlaganda ehtiyot bo`ling – be careful using an asid.

Nima ko`rgan bo`lsangiz yozing – write down what you see.

Tenglamalarga koeffitsientlar tanlang – balance the equation.

Tajribalar tugaganidan keyin laboratoriya daftarlari va to`ldirilgan kartochkalar topshiriladi.

3-topshiriq (test savollari)

  1. Kislotali oksidni aniqlang (Choose the formula of an asidic oxide.)

A.Na2O            C.Mn2O7

B.MnO             D.CuO

  1. Natriy gidroksid qaysi moddalar bilan reaksiyaga kirishadi? (Which substances reacts with Sodium hudroxide?)

A.HCI, CuO

B.Cu(OH)2, CO2

C.H2O, Na2O

D.H2SO4, CO2

Reksiya tenglamalarini yozing.

  1. In the solution of an alkali phenolphtalein changes colour to crimson(1).

If you put some lemon juise on the universal indikator colour changes to red (2)

Ishqor eritmasi fenoftaleinni binafsha rangga o`zgartiradi.(1)

Universal indikatorga limon sharbati tomizilsa, u qizaradi.(2)

  1. (1) to`g`ri (2) noto`g`ri
  2. (1) is true (2) false
  3. (1) noto`g`ri (2) to`g`ri
  4. (1) is false (2) true
  5. (1) va (2) to`g`ri
  6. both(1)and (2) are true

D.(1) va (2) noto`g`ri

  1. both (1) and (2) are false
  2. Cooper reacts with an acid giveng H2 (1).

         Alkalis are bases soluble in water (2)

Mis kislota tarkibidagi H2ni siqib chiqaradi (1).

Ishqorlar – suvda eriydigan asoslardir (2).

  1. (1) to`g`ri (2) noto`g`ri
  2. (1) is true (2) false
  3. (1) noto`g`ri (2) to`g`ri
  4. (1) is fasle (2) true
  5. (1) va (2) to`g`ri
  6. both(1) and (2) are true
  7. (1) va (2) noto`g`ri
  8. both (1) and (2) are false

5.Moddalarni aniqlang (Devine substances)

Fe + CuSO4    = X+Y

  1. FeO, CuS
  2. FeSO4, Cu
  3. FeS, CuO
  4. FeO, CuSO4
  5. Moddalarni qaysi sinfga mansubligini ko`rsating. (Match formules and classes of substances.)
  6. CaCO3 1.basic axside
  7. BsO 2.alkali
  8. SiO2 3. salt
  9. LiOH 4. asidic oxside
  10. Quyidagi berilgan moddalar guruhi orasida ma`noga ko`ra mansub bo`lmagan javobni toping. (Choose the formula of the substance which doesn`t fit to the logical group.)
  11. KMnO4
  12. Na2 CO3
  13. CO2
  14. (CuOH)2CO3

To`g`ri javoblar:

  1. C 2. D 3. C   4. B     5. C      6. 3,1,4,2     7. D

O`quvchilar bilimi darsdagi faol ishtirokiga ko`ra baholanadi. Mavzu mustahkamlanadi. Tajriba o`tkazilgan joylar tartibga keltiriladi. Uyga vazifa sifatida darslikdagi mavzudan keyin keltirilgan topshiriqlarga ingliz tilida javob topish beriladi.

 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

 

  1. Asqarov I.R., G’oripov K.G’., Shoisayeva G. KIMYO 7-sinf o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma. – Toshkent: “Sharq” – 2012. 239-bet. 74 – 94 betlardan foydalanildi.
  2. Butayev Sh., Irisqulov A. Englizcha-o’zbekcha lug’at. – Toshkent: “Fan” – 2009. 847 – bet.

 

 

 

 

Maqsud Mashrabovich Jabborov — Jizzax viloyati pedagog kadrlarni qayta tayorlash va malakasini oshirish instituti, Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi o’qituvchisi, tel: (+99891)5642023. E – mail: maqsud36@inbox.uz

 

 

Anorboyev Akmal — Jizzax viloyati pedagog kadrlarni qayta tayorlash va malakasini

oshirish instituti, Til va ababiyot ta’limi kafedrasi, tel: (99891)9418724. E – mail: jizzax_moi@uzеdu.uz

Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 9-umumiy o'rta ta'lim maktabi kimyo fani o'qituvchisi Xo'jabekov Inomjon Baratullayevichning web sahifasi