Jizzax PKQT va MOI o’qituvchisi Jabborov Maqsuddan

“SUV—HAYOT MANBAI” NOMLI TADBIRNI TASHKIL ETISH SENARIYSI

Aziz o’quvchi! Siz kelajakda qanday mutaxassislikni egallashingizdan qat’iy nazar shuni bilishingiz va uqib olishingiz shart. Siz yaratgan barcha narsalar: yangi korxonalar, sanoat markazlari, shaharlar shunday joylashtirilishi va barpo qilinishi kerakki, bunday yangi qurilishlar tabiatga, atrof-muhitga zarar keltirmasin. Ular suv havzalarini, havo va tuproqni zararlamasin. Ushbu «Suv—hayot manbai» deb nomlangan tadbir sizga suvga nisbatan hurmat, mehr-muhabbat va uni tejash hamda undan oqilona foydalanish xususiyatlarini shakllantiradi.

O’tkaziladigan tadbirning maqsadi:

Ta’Iimiy maqsad: o’quvchilarga tabiatda suvning ahamiyati, suv boyliklari, suvning ifloslanishi, uni muhofaza gilish yo’llari, Orol muammosi va uning hozirgi kundagi yechimi haqida tushuncha hosil qilish.

Tarbiyaviy maqsad: Tejamkorlikka o’rgatish va ekologik tarbiya berish.

Jihozlash: Dunyo tabiiy xaritasi, O’rta Osiyo tabiiy xaritasi, atlaslar, Orol dengizi to’g’risidagi rasmlar, kitoblar.

Kutilgan natijalar: O’quvchilar tadbir so’ngida suv muammosi, uni yechishda qo’shiladigan hissalari haqida bilib olishlari kerak.

Fanlararo bog’lanish: kimyo, iqtisodiy-ijtimoiy geografiya, kimyo, adabiyot, tarix, fizika, ekologiya, tibbiyot.

Tadbir rejasi:

  • Boshlovchi so’zi.
  • Suv haqida she’rlar.
  • Suv haqida maqollar.
  • Hadislarda suvqa hurmat qanday ifoda etilgan?
  • Asosiy qism: Turli soha vakillarining suv haqidagi fikrlari:
  • Adabiyotshunos ,Tarixchi,Geograf,Biolog,Kimyogar,Fizik

Ekolog,       Tibbiyot xodimi,

Qo’shiq va raqs

  • Xulosa Boshlovchi:

—Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz o’quvchilar, «Suv—hayot manbai» — deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz. Olamda eng oddiy toza suvday qimmatliroq, azizroq narsa bo’lmasa kerak. Suvsiz hayot yo’q va bo’lmaydi ham. Bum har bir kishi to’la tushunib yetishi va doimo esda tutishi

kerak. Shuning uchun har bir inson suvni ehtiyot qilishi ham farz, ham qarz, bu esa hayotni va sog’liqni, tabiat go’zalligini himoya qilish demakdir.

Ushbu tadbirimizda siz suv haqidagi she’rlar, maqollar, hikmatli so’zlar bilan tanishasiz. Shuningdek, biz o’qiydigan maktab fanlari, masalan, adabiyot, geografiya, biologiya, kimyo, fizika, ekologiya va boshqa barcha fanlarda suv mavzusi o’rganiladi. Biz turli fan sohasidagi vakillarni taklif etganmiz. Ular suv haqida ma’lumotlar beradilar.

Marhamat suv haqidagi she’rlar, maqollar va hadislardan namunalar tinglang.

1-o’quvchi:

Shahar joyida turibdi bu kun, Ularning zavoli kelmas xayolga. Merosiy xudbinlik borligi uchun, Qaramay qo’yibmiz afsus Orolga. 2-o’quvchi:

Otang ketsa agar aka bo’lasan, Onaning o’mini bosgay qiz singil. Dengizing qurisa ne’ham qilarsan, Qayga bosh urarsan ey munglig’ ko’ngil. 3-o’quvchi: Suvga qarab tuflama. Suvga qarab supurma.

4-o’quvchi:

Suv tabiatning bebaho in’omidir. Hayot suv bilan bog’liq,

Suv tamom bo’lgan joyda hayot ham tugaydi. 5-o’quvchi:

Suv zar, Suvchi zargar.

Boshlovchi: —Hadislarda suvga hurmat ganday?

1-o’quvchi: —Kim suvni, u xoh taqsimlab bo’ladigan va xoh taqsimlab bo’lmaydigan bo’lsin, hadya va meros qilishi joiz.

2-o’quvchi: Hadisda ehtiyojingizdan ortiqcha suvni man qilmangiz, aks holda o’t-o’lanlarning mo’l-ko’l bo’lmog’iga mone’lik gilursiz, deb marhamat qiladilar deyilgan.

Boshlovchi: Suv ozuqamiz va kiyim-bosh, libosimiz manbai. Suv va yer milliy boyligimiz. Hozir davraga turli fan sohalarining vakillarini taklif etamiz. Marhamat:

  1. Adabiyotshunos: Zahro Rasulova.
  2. Tarixchi: Hasan Isomov.
  3. Geograf: Safarmurod Ko’charov.
  4. Biolog: Shahno/.a Boboyorova.
  5. Fizik: G’ulomjon Daminov.
  6. Kimyogar: Ilhom Berdiyev.
  7. Ekolog: Zilola Tohirova.
  8. Tibbiyot xodimi: Nigora Rahmatullayeva.

Eslatib o’taman davra suhbatimiz mavzusi: «Suv — hayot manbai». So’z navbatini adabiyotshunos Zahro Rasulovaga beramiz, marhamat.

Adabiyotshunos: —Assalomu alaykum, aziz ustozlar va o’quvchilar. Haqiqatdan ham suv ilohiy mo’jizadir. Adabiy manbalarda suv haqida rivoyat, afsona, she’r va maqollar keltirilgan.

Rivoyat qilishlaricha bir kampir og’ir kasal bo’libdi. U o’g’lini yoniga chaqirib, «Falon buloqning suvidan olib kelsang men tuzalaman», — debdi. O’g’li onasining rayini qaytara olmay, yo’lga tushibdi. Yo’l uzoq bo’lganligi sababli, yo’lda uchragan bir ko’lmak suvdan onasiga olib kelibdi. Onasi suvni ichibdiyu, tuzala boshlabdi. Mana, suv qayemiki bo’lmasin, uning shifobaxshlik xususiyatiga ega ekanligini rivoyatda ham eshitdik.

Tarixshunos: —To’g’ri aytasiz. Qadimgi dunyo odamlari suvni hayot uchun zarur bo’lgan to’rt unsur(olov, havo, tuproq va suvjdan biri deb hisoblaganlar.

Suvga bo’lgan ehtiyoj juda qadim zamonlardanoq kishilarni yerosti va yer usti suvlarini qidirib topishga majbur qilgan. Cho’l va tog’ oldi hududlarida hanuzgacha saqlanib kelayotgan asriy quduqlar, uzundan-uzun koriz lahmlari, sardobalar o’tmishda ota-bobolarimizninq suv uchun olib borgan kurashlaridan dalolat beradi.

Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy, «Kitob surat al-Arz», hozirda «Geografiya» deb tarjima qilinqan asarida o’sha vaqtdagi daryolarning to’yinishida yerosti suvlarining ro’yxatini va suv miqdori to’g’risidagi ma’lumotlarni olish mumkin.

Geograf: —Haqiqatdan ham, yer sharining uchdan ikki qismi suvdan iborat. Ular okean, dengiz, daryo, ko’l va muzliklarni tashkil etadi. Atmosfera va yer qobig’ida ham ko’plab miqdorda suv mavjud.

Yer sharida erkin suv zahirasi 1.4 mlrd.km3. Suvninq asosiy hajmi okeanlarga to’g’ri kelib, 97,06 foiz suvning atmosferadagi aylanishi o’rtacha 10 sutkani tashkil etib, bu ko’rsatgich geografik kenglik bo’yicha o’zgarib boradi.

Oqadigan ko’llar suvi 10 yillarda, oqmaydigan ko’llar suvi 200-300 yilda almashinishi aniqlangan. Suvning aylanishi va almashinuvi juda muhim geografik va kimyoviy, biologik ahamiyatga ega bo’lgan jarayon hisoblanadi. Buning natijasida quruqlik ichimlik, ya’ni chuchuk suv bilan ta’minlanadi. Agar yer sharidagi barcha suvni 1 banka deb hisoblasak, shu suvning 2.05 foizi chuchuk suvga to’g’ri keladi.

Biolog: —Darvoqe, inson organizmining 65 foizini suv tashkil etadi. Yosh o’tib borishi sayin miqdor ham kamayib boradi. Barcha tirik organizmlarda suv muvozanati mavjud bo’lib, moddalar almashinuvida katta ahamiyatga egadir.

Bir sutkada insonning ovqat hamda chanqog’ini bosish maqsadida iste’mol qilingan suvi taxminan 2-2.5 litrni tashkil etardi. Buyraklar orqali moddalar almashinuvi natijasida suvning 50-60 foizini tashqariga chiqarib yuboriladi. Suvga oid ayrim ma’lumotlarni keltirib o’taman:

  • Suv tarkibida odam organizmi uchun zarur bo’lgan yigirmaga yaqin mikroelementlar borligi aniqlangan.
  • Ftor oziq-ovqatlar bilan juda kam miqdorda singadi. U asosan suv bilan organizmga kiradi.
  • Qovunda 16-18 foiz, tarvuzda 6-11 foiz, qovoqda 8-10 foiz qand va turli moddalar bor. Ammo ularning asosiy qismi suvdan iborat.
  • Olinadigan hosilning har tonnasi uchun bug’doyga 1500 tonna, sholiga 4000 tonna suv sarflanadi. Bir bosh karam sutkasiga 1 kg.suvni ichadi.

Fizik: —Suv haqida ma’lumotga ega bo’lish uchun suvning fizik xususiyatlarini bilishi muhim ahamiyatga ega.

Toza suv rangsiz, ta’msiz, hidsiz, tiniq suyuqlikdir. Hid bilan ta’mni suvda unda erigan qo’shimchalar beradi. Suv uch xil holatda uchraydi. Suvning 4° C dagi zichligi 1000 kg.m3. Harorat pasaygan sari suvning zichligi kamayib, muzning zichligi 900 kg.m3 gacha pasayadi. Shuning uchun muz suvning ustida qalqib yuradi.

Suv 0°C da muzlaydi, 100° C da qaynaydi va bug’ holatiga o’tadi. Suv ajoyib universal eruvchi modda bo’lib, o’zida juda ko’plab anorganik va organik moddalarni eritish xususiyatiga ega.

Kimyogar: —Suvning fizik xususiyatlarini eshitdingiz. Suv o’ziga xos kimyoviy xossalarga ham ega. Suv 100° C dan yuqori haroratda suv bug’lari parchalanib, vodorod va kislorod hosil qiladi. Aktiv metallar bilan ta’sirlanib uning tarkibidagi vodorodni ajratib chiqaradi.

2Na + 2H20 = 2NaOH + H2

Suvning reaksion qobilyati ancha katta. Ko’p metallar va metallmaslarning oksidlari suv bilan ta’sirlashganda asos va kislotalar hosil bo’ladi.

CaO + H20 = Ca(OH)2

S03 + H20 = H2S04

Ba’zi tuzlar suv bilan kristallogidratlar hosil qiladi. CuSO, + 5H O = CuSO,x5H„0

Boshlovchi: —Suv haqida ko’p ma’lumotlarni aytib o’tdik. Lekin hozirda suv bilan bog’liq bo’lgan global muammolar mavjud. Bu haqida ekolog nima deydi?

Ekolog: —Hozirgi paytda asosiy muammolardan biri bu suvning ifloslanishi va chuchuk suvning yetishmasligidir.

Suv 2 xil holatda ifloslanadi:

  1. Tabiiy: tabiiy ofatlar, shamol, dovul, yashin va sellar, kosmik

changlar, vulqonlarning otilishi, o’simlik va hayvonlarning o’lishi va chirishi sabab bo’ladi.

  1. Sun’iy: sanoatning turli tarmoqlari, neft mahsulotlari, kimyoviy o’g’itlar va chiqindilar, maishiy kommunal shaxsiy xo’jalik chiqindilari sabab bo’ladi.

Bizning vazifamiz birinchidan suvning ifloslanishini oldini olish, ikkinchidan iflos suvni tozalash.

Suv shunday mo’jizaki, u o’zini-o’zi tozalash xususiyatiga ega. Suvdagi bakteriyalar, zamburug’lar va suv o’tlari suvni tozalaydi.

Bugungi fan taraqqiyoti suvni tozalashning 4 usulini amalga oshirmoqda.

  • Mexanik usul. Maxsus qurilmalar yordamida suvga qo’shilgan eritmagan og’ir zarralar suv yuzidagi moy, yog’, neft, va boshqa organik mineral moddalar ushlab golinadi.
  • Biokimyoviy usul bilan tozalashda turli mikroorganizmlardan foydalaniladi.
  • Fizik-kimyoviy usulda suvdagi iflos moddalar maxsus erituvchilar yordamida parchalanadi, ajraladi, eriydi va quyuqlashadi.
  • Dezinfeksiya usulida turli kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi. Masalan: Suvni xlorlash, bir muhim muammolarimizdan yana biri bu Orol muammosidir. Prezidentimiz I.Karimov o’z asarlarida Orol muammosi, unga yordam berish va muammoning oldini olish haqida alohida ta’kidlab o’tganlar.

Boshlovchi: —Mana, suv haqida barcha fan sohalari vakillarining ma’lumotlarini eshitdik. Qani, tibbiyot xodimi suv haqida nima deydi?

Tibbiyot xodimi: —Jamiyatni suvsiz tasawur qilish qiyin. Bugungi kunimiz kelajagimizning farovonligi va sog’lom hayot tarzimiz, atrof-muhit go’zalligi va tozaligi bularning barchasi suvga bog’liq.

Suv shifobaxsh ne’mat. Tarkibidagi minerallarning turi, miqdoriga qarab shifobaxsh buloqlar aniqlangan. Masalan: Omonxona, Qashqadaryo sohilidagi shifobaxsh buloqlarni misol keltirishimiz mumkin.

Shu bilan birgalikda suv bilan bog’liq bo’lgan muammolar talaygina. Masalan: har xil yuqumli kasalliklarni tarqalishining bir yo’li suv orqali amalga oshadi. Shuning uchun suvni toza saqlash, iloji boricha qaynatilgan suvni iste’mol qilish zarur.

Boshlovchi: Endi o’quvchilarimizning sizlarga beradiga savollari bor. Marhamat.

1-o’quvchi: —Suvning gattiqligi nimaga bog’liq? Kimyogar: —Suvning qattiqligi asosan unda kalsiy va magniy tuzlari borligiga bog’liq. Suvning qattiqligi 2 xil bo’ladi:

  • Muvaqqat yoki yo’qotiladigan qattiqlik.
  • Doimiy qattiqlik.

Suvda Ca(HCO)2 va Mg(HC03)2 borligi tufayli kelib chiqadigan qattiqlikni yo’qotiladigan qattiqlik deyiladi. Bunday qattiqlik suvni qaynatish bilan yo’qotiladi.

Agar suvda CaS04 va MgCl2 bo’lsa, bu tuzlar keltirib chiqaradigan qattiqlik doimiy qattiqlik deyiladi. Bunday qattiqlikni qaynatish yo’li bilan yo’qotib bo’lmaydi.

2-o’quvchi: —Suvning isrofgarchiligini oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish zarur? Bu savol yuzasidan har bir soha vakillari o’z fikrlarini bildiradilar.

Suvni isrof qilmaslik, undan tejab foydalanish har birimizning burchimiz hisoblanadi. Suvni isrofgarchiligini oldini olish uchun:

Birinchidan, ariqlardan oqayotgan suvni bekorga oqishining oldini olish. Ikkinchidan, vodoprovod suvidan foydalangandan so’ng jo’mragini yopib qo’yish maqsadga muvofiqdir. Hattoki ro’zg’orda suvdan foydalanganda ham undan foydalanish ham suv isrofgarchiligining oldini oladi.

Boshlovchi: —Endi navbatni chiroyli qo’shiq va raqsga beramiz. (Qo’shiq ijro etiladi) Xulosa

«Suv — hayot manbai» deb nomlangan ushbu tadbir maktabda fanlarning bir-biriga uzviy bog’liqligini ta’minlaydi.

O’quvchilarning tafakkurini shakllantirishga dunyoqarashini kengayishiga yordam beradi.

O’quvchida atrofda sodir bo’ladigan jarayonlarga o’z munosabatini bildirishga, ekologik muammolarga befarq bo’lmasligiga erishiladi.

O’quvchilarni—vatanga muhabbat, tabiat va suvni asrab-avaylash ruhida tarbiyalaydi.

O’qituvchi xuddi shu darslarda o’quvchilarda biologiya asoslari berish bilan birga ularga ekologik me’yorlar haqida chuqurroq ma’lumot bersa, biologiya darslarining samaradorligi ortadi.

Suv – asosiy ekologik komponentlardan biri. Darslikda shunday savol qo’yilgan – Ichimlik suvda qanday qo’shimchalar bo’lmasligi kerak ? Bu savol bejiz o’rtaga tashlanmagan. Bunda suvning sifatini saqlash, har xil qo’shimchalarning bo’lishi uning sifatiga ta’sir etish, undagi miqdor o’zgarishlari sifat o’zgarishlariga olib keladigan jarayon ko’zda tutilgan. Bu so’zning ma’nosi tabiatda “ichiladigan suv”, “toza suv”, “iflos suv”, “yumshoq suv”, “qattiq suv”, “og’ir suv” va boshqa sifat jihatidan bir – biridan farq qiladigan suvlar borligini ta’kidlaydi. Bularni o’qituvchi tushuntirib berayotganda albatta bu suvlardan qaysi biri ekologik me’yorlarlarga uning talablariga javob berishini qisqacha aytib o’tish kerak.

Tabiiy suvdagi vodorod ko’rsatikichining normasi 6.5 dan 8.3 gacha bo’ladi. Agar bu me’yoridan chetga chiqsa suv ekosistemasidagi biologiyaviy, geologik va biologiyaviy jarayonlarga salbiy ta’sir etadi, ularning funktsiyasi buziladi. Tabiatda xuddi shunday vodorod ko’rsatkichlarining me’yoriy buzilishi natijasida tashlanmalarda, Orol dengizida korroziya hodisasi kuchaygan.

Suv ekosistemalarida fosforning suvdagi miqdori 0,01 mgG’l dan oshmasligi kerak. Agar fosforning miqdori belgilangan me’yordan chetga chiqsa, masalan, oshsa ekosistemaning ko’pgina funktsiyalari buziladi. eng avvalo suv o’tlari gullaydi, suv o’tlarining gullashi natijasida kislorod tanqisligi ortadi. Kislorod etishmasligi oqibatida suv havzasining flora va faunasi nobud bo’la boshlaydi.

O’quvchilar ba’zi joylardagi suvlarning tarkibidagi yod elementining me’yordan kam ekanligi oqibatida odamlarning “buqoq” kasalligi bilan og’rishini biladilar, ularda ekologik me’yor eng sodda ko’rinishda ongiga singgan. Agar biz o’quvchilarni bu haqdagi bilimlarini kengaytirsak, ular ham suv, havo, tuproq va boshqalarni asrashda, toza saqlashda bizga katta yordam beradilar.

Suv havzalarining kislorodga to’yinganlik me’yori 10 % dan to 50 % gacha, kaltsiy 25 mgG’l gacha xlorning miqdori 100 mgG’l dan to 500 mgG’l tiniqlik me’yori 50 sm dan to 200 sm gacha bo’lishi kerak. Bular suvning tabiiy me’yorlari bo’lib, bular xuddi shu chegarada saqlansa suvning sifatiga zarar etmaydi, ya’ni uning o’zini o’zi tozalash qobiliyati, rang hidi tiniqligi harorati va boshqalar saqlanib qoladi. Uning tarkibida mikroblar, har xil kasallik tarqatuvchi viruslar bo’lmaydi.

Olimlarimiz tajribalarida ko’rsatishicha neftning miqdori 1 l suvda 0,1 mg dan 0,01 mg gacha neft bo’lsa neftning bu kontsentratsiyasida baliqlar o’ladi, faqatgina baliqlar emas, balki mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar ham yashay olmaydi.

Ekologik me’yorlarlarning buzilishi oqibatida ekokomponentning eng oldin ekologik qiymati, iqtisodiy qiymati yo’qoladi. O’z – o’zidan ravshanki, bu ikki xil qiymatning yo’qolishi natijasida estetik qiymati yo’qoladi.

Suvning iqtisodiy qiymati uni energiyasi, ichish ehtiyojini qondirish texnika vositalarida ishlatish, sug’orish ishlaridagi qiymati va boshqalarni o’z ichiga oladi.

O’quvchilar yuqoridagi misollardan shunday xulosalarga keladiki, har bir biologiyaviy birikma, suv, havo, tuproq, o’simliklar va boshqa faqatgina iqtisodiy estetik qiymatga ega bo’lmay, balki ekologik qiymatga ham, ekologik bahoga ham ega ekan.

Tabiatda keraksiz bo’lgan o’simliklar, keraksiz bo’lgan hayvonlar, hatto D.I.Mendeleev aytganidek, keraksiz bo’lgan biologiyaviy elementlar ham yo’q. Faqat ulardan noto’g’ri me’yorini bilmay foydalanigina “yaxshi va yomon” degan iboralarni keltirib chiqargandir. Ekologik qiymatning iqtisodiy qiymatiga nisbatan farqi shuki, u faqat birgina avlod uchun ekokomponenti ishlash qobiliyatini funktsional xususiyatlarini sifat ko’rsatkichlarini tabiiy bog’larini nisbiy tabiiy muvozanatini saqlab qola oladi.

Suv biosferadagi barcha komponentlari tarkibida bo’lib biosfera elementlari o’rtasidagi nisbiy muvozanatni saqlashda katta rol o’ynaydi. kologik me’yorlarlarning uzilishi, chetga og’ish natijasida ekokomponentning barcha qiymatlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi har bir ekologik kompanentning suv, havo, er, tuproq va boshqalar uch xil qiymati bo’ladi iqtisodiy qiymati, ekologik qiymati, estetik qiymati.

Kimyo darslarida ekokompanentlarning qiymati haqidagi ilm, o’quv, bilim doirasini kengaytiradi, uning biologiyaviy ishlab chiqarishdagi roli, erituvchi sifatida ishlatish reaktsiya agenti, katalizator yutuvchi xususiyatlarini ko’rsatib uning qiymati, uni asrash kerakligini ham o’quvchilar ongiga singdiradi.

Kimyo, biologiya, ekologiya ajralmas birlik ularni har qadamda uchratish mumkinligini qayta – qayta o’rgatisho’quvchilar ongiga singdirish lozim.

 

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *