Архив рубрики: AKT

MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARI VOSITALARINING ROLI

скачанные файлы Bugungi kunda barcha ta’limning barcha sohalar kabi malaka oshirish tizimini ham kompyuter va axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Bu esa kompyuter va axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish barcha masalalarning yechimini hal qiladi, ya’ni axborotlarni uzatish va qayta ishlash — bu bilim, malaka va ko’nikmalarni to’liq shakllantirishni kafolatlaydi degani emas, chunki bularning barchasi faqatgina o’qitishning samarali qo’shimcha vositalaridan biridir bo’lib hisoblanadi xolos.

Ana shuning uchun ham zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan malaka oshirish tizimida foydalanish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiri­ladi:

  • axborot-kommunikatsion texnologiyalar o’rganish ob’ekti sifatida, ya’ni tinglovchilarga dars berish jarayonida yangi axborot texnologiyalar, shu jumladan kompyuter, multimediya, masofadan o’qitish, Internet texnologiyalari va ularning tarkibiy qismlari hamda foydalanish sohalari bo’yicha umumiy tushuncha va malakalarga ega bo’ladilar;
  • axborot-kommunikatsion texnologiyalar o’qitish vositasi sifatida, ya’ni za­monoviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida tinglovchilarga yangi bilimlar be­riladi, ya’ni umumta’lim fanlarini o’qitishda axbo­rot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari kompyuterlarning zamonaviy dasturiy vosita­lari asosida tashkil etiladi, shu bilan birga fanlararo integratsiya amalga oshiriladi;
  • ta’lim jarayonini boshqarish vositasi sifatida, ya’ni ta’lim muassasasi­ning o’quv, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tatqiqot ishlari faoliyati sama­radorligini oshirishda axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida ax­borotlashtirish, tahlil va bashorat qilish tizimini yaratish hamda uni amaliyotga jalb etish;
  • tinglovchilar va professor-o’qituvchilarning ilmiy-pedagogik izlanishlarini amalga oshirish vositasi sifatida, ya’ni o’quv muassasasida o’qituvchi-pro­fessor va tinglovchilar orasida ilmiy-tatqiqot va pedagogik izlanishlar sama­radorligini oshirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiya­lar, shu jumladan Internet texnologiyalaridan foydalanish tizimlarini yaratish va tatbiq etish.

Insoniyatning axborot olishga bo’lgan ehtiyoji kun sayin ortmoqda, shu bilan birga ular uchun axborotlarning qanday usulda va qay yo’sinda olish muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlarni qayta ish­lash va tahrirlash imkoniyat­larini bilish va ularni uzatish uchun nimalarga e’tibor berishimiz kerak de­gan savol tug’iladi va bunda albatta bizlarga kompyuter texnikasi va uning vositalarisiz buni amalga oshirish mushkulli­gini hozirda har bir inson tu­shunib yetsa kerak deb o’ylaymiz. Bundan tashqari ma’lumotlarni kitobdan, turli manbaalardan va hozirda juda muhim ahamiyat kasb etayotgan Internet tarmog’idan olishimiz mumkin.

Bizga malumki, axborot texnologiyalari har doim ta’lim jarayonlarini ajralmas qismi bo’lib kelgan. Shu bilan birga malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonining o’zi ham axborot jarayoni hisoblanadi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari paydo bo’lgandan keyingina axborot va telekominika­tsiya tenologiyalarining o’qish jarayonidagi roli va o’rni sezilarli darajada o’zgardi.

Ta’lim tizimida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin. Birinchidan, har bir ta’lim oluvchi jami­yatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish sharoitida kerakli bilim va malakalarga ega bo’lmog’i lozim. Bunda axborot jamiyatni va iqtisodiyotni taraqqiy etishida, uning rivojlanishida eng muhim asoslardan biri hisoblanadi, ya’ni ular ta’lim olish jarayonida tabiat va jamiyatning ri­vojlanish qonuniyatlari to’g’risida, ro’y berayotgan o’zgarishlar , iqtisodiy taraqqiyot va fan — texnika yangiliklari to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi va ish faoliyati davomida uni amaliy tatbiq etishi lozim bo’ladi

Ikkinchidan, ta’lim jarayonida kompyuter va axborot texnologiyalari­dan foydalanishda asosan o’qish samaradorligini keskin oshirish, o’quv–tar­biyaviy jarayonini zamon talabi darajasida tashkillashtirish vazifasini amalga oshirishi lozim. Bu vazifani bajarish ta’lim oluvchilarni qancha bi­lim va malakalarga ega bo’lganligi bilan emas, balki o’quv jarayoni qanday tashkil etilganligi, o’quv uslubiy va zamonaviy texnik vositalar blan qanday ta’minlanganligi bilan o’lchanishi kerak bo’ladi.

Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalan­gan uchun ma’lum bir shart–sharoitlar, ya’ni axborot resurslari kompyuter, videoproektor, multimediya vositalari, printer, skaner hamda zamonaviy dasturiy vositalar mavjud bo’lishi lozim.

Bugungi kunda ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishda kompyuter va axborot texnologiyalari vositalarining asosiy tarkibiy qismi: o’quv dasturlari, multimediya texnologiyalari, masofadan o’qitishning o’quv uslu-biy ta’minoti, virtual laboratoriya, elektron darslik (ED), elektron o’quv kutubxonasi, xalqaro internet tizimlari va boshqalar muhim ahamiyatga va o’ringa ega bo’ladi .

O’quv jarayonining samaradorligi va mukammalligi axborotlarni bilim oluvchiga qanday tarzda berilishiga, ular tomonidan qanday qabul qilinishiga va ularni amaliyotga qanday tatbiq qilinishiga bog’liq bo’ladi. Multimediya texnologiyalari o’rganilayotgan pedagogik va iqtisodiy jarayonlar to’g’risidagi har bir axborotni ta’lim oluvchilarga harakatli, ovozli va videoli ko’rinishlarda bayon qilib beradi. Bu esa katta hajmdagi axborotni berish uchun ketadigan vaqtni tejash bilan birga, ularni yangi axborotlarni qabul qilish va ulardan amaliy foydalanish darajasini oshiradi.

Boshqacha aytganda, ta’lim jarayonida kompyuter va axborot texnologiyalaridan mukammal foydalanish uchun asosiy e’tibor eng avvalo o’qituvchiga va talabaga zarur bo’lgan sharoitni yaratishga, kompyuterlarni o’quv jarayonlarida samarali qo’llashiga, ya’ni multimediyali elektron o’quv va uslubiy qo’llanmalardan keng miqyosida foydalanishnga qaratilishi lozim.

Jabborov M.M. – JizzaxVXTXQTMOI o’qituvchisi

Xodjabekov I.B. – Zarbdor tuman XTMFMTTEBga qarashli 9-umumta’lim maktabining kimyo fani o’qituvchisi