Архив рубрики: Fan

Tirik organizmlarning kimyoviy asoslari

imagesBiologik ximiya tirik tabiat, aniqrog‘i o‘simliklar, hayvonot olami va mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi, organizmlarning turli-tuman o‘sish va rivojlanish bosqichlarida sodir bo‘ladigan ximiyaviy jarayonlar sodir bo‘lish qonuniyatlari, organizmning hayot holati davrida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar mexanizmi va ularning biologik va fiziologik ahamiyatini o‘rganadigan fan. O‘rganish obyektiga ko‘ra o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va inson biokimyosi bir-biridan tafovut qiladi. Biologik kimyoni bu yo‘sinda qismlarga ajratish sun’iy albatta, chunki har xil obyektlar va ularda sodir bo‘ladigan ximiyaviy jarayonlar va ularning tarkibi o‘zaro o‘xshash va bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham mikroblar, o‘simlik va hayvonlarda o‘tkazilgan bioximiyaviy ilmiy tadqiqot ishlari o‘zaro bir-birini to‘ldiradi va boyita boradi.

Uning statistik va dinamik yo‘nalishlari ham bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi bilan xarakterlanadi. Ammo uning organizmlarni ximiyaviy tarkibini o‘rganadigan statistik va moddalarni o‘zgarishi va bir xildan ikkinchi xilga o‘tishini o‘rganadigan dinamik hamda tirik organizmlarning turli xil hayot holati jarayonining qaysi davrida qanday ximiyaviy moddalar (birikmalar)ning faoliyat ko‘rsatishini o‘rganadigan funksional ximiyaga bo‘lish rasm tusiga kirgan. Ko‘pchilik hollarda oxirgi ilmiy yo‘nalish funksional ximiya maxsus fiziologik ximiya nomi bilan yuritiladi.

Organizmda sodir bo‘ladigan barcha ximiyaviy reaksiyalar majmuini tashqi muhitdan ximiyaviy moddalarni qabul qilinishi va o‘zlashtirilishi (assimilyatsiya), ularni parchalanib (dissimilyatsiya) oxirgi mahsulini hosil bo‘lishiga qadar tiriklikning asosiy mazmunining poydevori hisoblangan modda almashinuvi tashkil etadi.

Tabiatda mavjud tirik organizmda sidirg‘a ravishda sodir bo‘ladigan modda almashinuvni barcha detallarini o‘rganish biologik ximiya fanining asosiy vazifasi sifatida qabul qilingan. Bioximiyaviy ilmiy tadqiqot ishlari keng ko‘lamdagi masalalarini o‘zida mujassamlantiradi. Biologiyada biror-bir masala, hoh u nazariy bo‘lsin yoki amaliy bo‘lsin, bioximiya bilan bog‘liq ravishda ish ko‘rishi muqarrar.

Shuning uchun ham zamonaviy bioximiya o‘zaro yaqin fanlar biologiya, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, doishunoslik fanlarini birlashtiradi va ular bilan birgalikda ish ko‘radi.

Mustaqil fan sifatida bioximiya XIX asrda shakllandi. XIX asrning birinchi yarmiga qadar organik moddalarning sanoqli turlari ma’lum edi. Nemis ximigi Gmelinning darsligida (1822y.) faqat 80 ga yaqin organik birikmalarning nomi keltiriladi. Organik ximiyaning maqsadi va vazifasi o‘sha davrga qadar hali to‘liq aniqlanmagan edi. Shved olimi Berselius organika fanini ikkita bir-biridan keskin ajraladigan ikki sinf o‘simlik va hayvonga bo‘ladi.

Tiriklik mazmuni organik elementlarga emas, balki qandaydir boshqa «hayot» deb ataladigan narsa bilan bog‘liq. Bersilius boshqa narsa deb ataydigan bu narsa noorganik ximiya doirasidan tashqarida yotadi. Bersilius inson kelgusida organik birikmalarni sun’iy ravishda yaratishi va uni sintez yo‘li bilan bunyodga keltirishiga ishonch hosil qilmaydi. Vitalistlar oqimi vakili hisoblanmish Bersiliusning fikri asossiz ekanligini uning shogirdi nemis ximigi F.Vyoler mochevinani sintez yo‘li bilan olishi natijasida isbotladi. Shundan so‘ng tez orada tabiatda mavjud qator biologik birikmalar sintez yo‘li bilan olina boshlandi va organik ximiya bilan biologik kimyo orasida mavjud devor quladi.

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab organik ximiya tez sur’atlar bilan ravnaq topa boradi va sintez yo‘li bilan olingan organik birikmalar sanoat va qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘la boradi.

Biokimyoning shu tariqa tez taraqqiy topa borishi va xalq xo‘jaligining turli-tuman tarmoqlarida qo‘llanilishining asl sababi ximik, biolog va fiziologlarning o‘simliklar va hayvonot olamini o‘rganish borasida olib borgan hamkorlik ishlarining, hamda patologlar va vrachlarning o‘z ishlarida ximiyaviy uslublarni qo‘llashlari natijasi desa bo‘ladi.

XIX asrning o‘rtalariga kelib qator fermentlar: so‘lak fermenti — amilaza, parchalanuvchi polisaxaridlar, oshqozon shirasi — pepsin, oshqozon osti bezi shirasi — tripsin, parchalanuvchi oqsillarning to‘liq tavsifi berildi. Bersillus ximiyaga katalizatorlar tushunchasaini kiritdi. Katalizatorlar tarkibiga o‘sha davrda mavjud bo‘lgan barcha fermentlar kiritiladi.

1935 yilda Fransiya ximigi M.SHevrel tomonidan muskul tarkibida kreatin, biroz keyinroq o‘z tarkibiga ko‘ra unga o‘xshash kreatininni aniqlanadi va tavsifi beriladi. Skelet muskullari, sut kislotasining tarkibi va skilet harakati jarayonida uni to‘planishini nemis ximigi Y.Libix aniqlaydi. 1839 yilda oziq-ovqat tarkibiga o‘simlik va hayvonlarning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan oqsil, yog‘ va uglevodlar kirishi aniqlanadi.

XIX asr o‘rtalarida yog‘ strukturasi aniqlanadi va fransuz ximigi Bertlo tomonidan uni sintez qilish amalga oshiriladi. Rus olimi A.M.Butlerov uglevodni sintez qiladi va organik birikmalar nazariyasini taklif etadi.

Shu vaqtning o‘zida turish hujayralarini Fransiyada K.Konyatur va Germaniyada (1836-1838yy.) o‘rganilish davrida shakarni bijg‘ish (achish)i va uzoq vaqtdan beri olimlar e’tiborini o‘ziga jalb etgan spirt hosil bo‘lish jarayoni aktiv ravishda o‘rganila boshlandi. Bijg‘ish jarayonini o‘rgangan olimlar qatoriga fransiyalik Y.Libix va L.pasterni kiritish mumkin. L.Paster bijg‘ish biologik jarayon bo‘lib, unda tiroik bijg‘ituvchi hujayralar ishtiroki muqarrar degan xulosaga keladi.

Libix esa bu jarayonga murakkab ximiyaviy reaksiya sifatida qaraydi. Bu masalaga nemis olimi E.Blyuyer va rus ximigi M.M.Manasseina bijg‘ish jarayoni hujayrasiz bijg‘ituvchi hujayra shirasi ishtirokida alkogol bijg‘ishi sodir bo‘lishi tasdiqlanadi. Shunday  qilib 1870 yilda Libixning tirik organizmlar hayot holatiga fermentlar ta’siri nazariyasi o‘z tasdig‘ini topdi va o‘z ahamiyatini hozirgi kunga qadar yo‘qotgani yo‘q.

Bioximiya XX asrga kelib o‘z rivojining yuksak darajasiga  ko‘tarila boradi. Bu davrdan boshlab bioximiya o‘rganish obyektida mos ravishda ixtisoslashgan holatiga o‘ta boradi. O‘simliklar va unga vobasta ravishda mikroorganizmlar bioximiyasi barcha mamlakatlar universitetlari kafedralarida ilmiy tekshirish institutlarida o‘rganiladi. Oqsillar, karbon suvlar, lipidlar, vitaminlar o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning tarkibiy qismi hisoblanadi va bioximiyaning    asosiy     o‘rganish   manbalaridan bo‘lganligi tufayli barcha bioximik olimlar o‘rganishga xuruj etganligi ma’lumo O‘simliklar va mikroorganizmlar uchun glyukozidlar, oshlovchi moddalar, efir yog‘lari, alkoloidlar, antibiotik va boshqalar xarakterli.

Nomlari tilga olingan birikmalardan glyukozidlarning bir nechtasini fermentlar ishtirokida Fransuz ximigi E.Burklo sintez qilishga erishgan. O‘simliklarning guli va mevasida uchraydigan rangli pigmentlar antotsionlarning tuzilishini aniqlash va bayon etish borasida nemis ximigi R.Vilshtetter ishlari muhim ahamiyatga ega. Azot geterotsiklik birikmalari — alkoloidlarni nemis ximigi A.ofman, Shvetsariya ximigi A.Pikti va rus ximigi A.P.Orexovlar o‘rganganlar.

Bioximiya taraqqiyotida viruslarni birinchi bo‘lib o‘rganish va aniqlashga muvaffaq bo‘lgan D.I.Ivanovskiy va o‘simlik organizmida moddalarni oksidlanish jarayoni va unda oqsilni rolini o‘rgangan I.P.Borodinlarning ishlari muhipm ahamiyat kasb etadi.

Uglevodlarni anaerob almashinuvi va o‘simliklarni nafas olishi borasida Peterburg universiteti professori S.P.Kostichevning ilmiy tadqiqot ishlari bioximiya, xususan fiziologik ximiyani rivojida muhim o‘rin egalladi. Varshava universiteti professori M.S.Svet ishlab chiqqan xromotografiya uslubi hozirgi kunda ham qo‘llaniladi.

K.A.Temiryazevning fotosintez borasidagi ishlari biokimyo, xususan fiziologik kimyo fani taraqqiyotga naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini o‘quvchi botanika, o‘simliklar fiziologiyasi, bioximiya darsi jarayoni va ilmiy tadqiqot ishlarini  olib borish jarayonlaridan yaxshi biladilar. K.A.Temiryazevning shogirdlari V.I.Palladin biologik oksidlanish muammosi, D.P.Pryanishnikov o‘simliklarning azot almashinuvi, V.S.Butkevich bioximiya fanini, o‘simliklarda oqsil va oqsil almashinuvi nazariyasini yaratishi bu fanni rivojida katta hissa qo‘shadi.

Antibiotiklarning yangi xillarini sintez yo‘li bilan yaratilishi, ularni tozalash uslublarini ishlab chiqish, mikrobiologik sintezning yangi uslublarini yaratish borasidagi izlanishlar, hamda biologik aktiv birikmalar, vitaminlar, defitsit aminokislotalar, nukleotidlar va boshqalarni sintez yo‘li bilan yaratish shular jumlasiga kiradi.

Bioximiya o‘z taraqqiyoti davomida yuqorida ta’kidlanganidek xususiy yo‘nalishlar texnik va sanoat bioximiyasi, o‘simliklar, hayvonot olami va odam bioximiyasi, vitaminlar, enzimlar, evolyutsion bioximiya singari yo‘nalishlarda ish olib borib, yuksak muvaffaqiyatlarga erishganligi muqarrar.

Texnik va sanoat bioximiyasida xalq xo‘jaligi uchun zarur, rentabel xom ashyosini yaratish, ularni saqlash, ratsional foydalanish hamda madaniy o‘simliklarni hosildorligini oshirish, uzumchilik, sharbat va vinolar ishlab chiqarish texnologiyasi va nihoyat oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati, non mahsulotlari uchun muhim oqsil, uglevodli yog‘ mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va ularning ayrimlarini sintez yo‘li bilan yaratish texnologiyasi ishlab chiqiladi.

Hayvonot olami va odam bioximiyasi taraqqiyotida har xil mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatadigan fiziologlar, ximiklar, patolog va vrachlarning salmoqli ulushini alohida ta’kidlamoq joiz. Xususan fransiyalik fiziolog K.Bernar laboratoriyasida sut emizuvchi hayvonlar jigarida glikon mavjudligi aniqlanib, uning shakllanish yo‘llari va mexanizm hamda uning parchalanishini idora qilish yo‘llari ishlab chiqilgan. Shu laboratoriyaning o‘zida 1856 yilda L.Korvizar oshqozon osti bezi shirasida ferment — tripsin borligini aniqlaydi.

Germaniyada F.Xoppe, Zeyler va E.Fimer laboratoriyasida oddiy va murakkab oqsillarning tuzilish strukturasi va xossalari hamda kislota va ishqor bilan isitish va ferment ta’sirida sun’iy yo‘l bilan parchalashi o‘rganiladi.

Angliyaning Kembridj universitetida bioximiklar maktabi tashkilotchisi F.Xopkins oqsilning aminokislota tarkibini o‘rganadi hamda triptofan va glushatipni ochadi, aminokislotalar va vitaminlarni ovqatlanishdagi rolini o‘rganadi.

Rossiya Harbiy tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi A.Y.Danilevskiy oqsil ximiyasi va fermentlaini ajratib olish va tozalashni ishlab chiqadi va ularning ta’sir mexanizmi hamda qaytish darajasi fermentativ reaksiyasini o‘rganadi.

Eksperimental tibbiyot institutida M.V.Nenskiy porfinlar kimyo, mochevina biosintezi va aminokislotalarni parchalovchi bakteriya fermentini o‘rganishga muvaffaq bo‘ladi. Ayniqsa A.Y.Danilevskiy, M.V.Nenskiy va I.P.Pavlov laboratoriyalari ovqat hazm qilish va jigarda mochevinani ajralishi borasida olib borgan hamkorlik ishlari e’tiborga molik.

Moskva universitetida V.S.Gurvich muskulda azot ekstrativ (oqsil bo‘lmagan) moddalar karnozin va karritinni o‘rganadi. Bioximiyada qator ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy obyekti turli xil fermentiv reaksiyalarni parenximatoz qismlari asosan jigarda sodir bo‘lishini o‘rganish bo‘lgan va hozirgi kunda ham bu ishlar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan holda davom etayotir.

XX asrda bioximiya oldida turgan asosiy obyektlardan biri qo‘zg‘alish xususiyati bilan xarakterlanadigan to‘qimalar, asosan miya va muskulda o‘tish xarakterini o‘rganishdan iborat bo‘lgan. XX asr o‘rtalariga kelib neyroximiya shakllangan mustaqil yo‘nalishlardan biri sifatida qon bioximiyasi, qonning nafas olish funksiyasi, boshqacha aytganda qonning O2 qabul qilish, CO2 ni ajratish jarayonini o‘rganishga qaratilgan.

Bu davrda vitaminlar, gormonlar, mikroelementlar xususan mikroelementlar va ularning har xil organlarga tarqalishi, fiziologik roli, ta’sir mexanizmi, ferment reaksiyasiga ta’siri o‘rganiladi.

Biologik krugovorotga tirik organizmlarda utuvchi organik moddalari sintez va parchalanish jarayonlari kiradi. Bunda juda kam energiya sarflanadi. Organik moddalarning sinteziga kuyoshdan keluvchi energiyani 0,1-0,2% sarflanadi, geologik almashinuvda 50% .

Yerda xayot paydo bulgach, tabiatdagi kimyoviy elementlar biosferada tuxtovsiz almashinuvda buldi, ya’ni tashki muxitdan organizmlarga va undan yana tashki muxitga utib turadi. Asosan O2, S, N2O, N, P, S va boshkalar.

Insonning tabiatga ta’siri: urmonlarni kesilishi, landshaftlarni uzgarishi, yangi yerlarni uzlashtirish; 1600 yildan xozirga kadar inson 162 tur kushni, 100 ta sutemizuvchi turlarni yuk kildi.

Suv ayniqsa organizmlarni yashashi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Yer yuzidagi tirik organizm suvsiz yashashi mumkin emas. Chunki har qanday hayvon, о‘simlik va kishilarning xujayra va tо‘qimalarida ma’lum miqdorda suv bor. Suv ayniqsa, kishi organizmi uchun zarur. Chunki inson vaznining 70% i suvdan iborat. Shu sababli inson ovqatsiz bir oygacha yashasa ham suvsiz bir necha kun yashashi mumkin xolos. О‘simlik va hayvonlar organizmida suvning miqdori 50-98% gacha bо‘ladi. Agar inson tanasidagi suvning 12% i yо‘qolsa u halok bо‘ladi. Har bir kishi о‘rtacha shaxsiy gigiyenasi va maishiy kommunal zaruriyatlar uchun sutkada 150-200 litr suv tо‘g‘ri keladi. Shunday qilib, suv kundalik xayotimizning hamma soxalari qullaniladigan juda muhim universal tabiiy resursdir.

Kimyo

Kimyo tabiiy fanlar qatoriga kiradi. Qadimgi misrda kelib chiqqan degan taxminlar xam bor. Bu fanning nomi usha misrning qadimgi nomi «khemi» (ximiya) so’zidan kelib chiqqan. U dunyoni tashkil etgan elementlarni hamda shu elementlardan hosil boʻlgan turli — tuman moddalarni, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va oʻzgarishlarini, shuningdek, bu oʻzgarishlarda sodir boʻladigan xossalarni oʻrganadi.

Kimyo, ximiya — moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. K. boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar i.ch., biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Odamlar qadimda rudalardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar tayyorlash va qoʻllash, jumladan, shisha tayyorlash va undan turli maqsadlarda foydalanishni bilganlar. Mil. av. Misrda kimyoviy jarayonlarga asoslangan hunarmandchilik rivojlanganligi maʼlum. Pishiq charm tayyorlash, uni boʻyash, rangli shisha olish, oʻsimliklardan dori-darmon va xushboʻy hidli moddalar tayyorlash, sopol buyumlar i.ch. yoʻlga qoʻyilgan. Oʻsha davrlarda kimyoviy mahsulotlar Hindiston, Xitoy va Oʻrta Osiyoda ham ishlab chiqarilgan. «Kimyoi hunar» sohibi boʻlgan kimyogar bir moddadan ikkinchi mahsulotni tayyorlash ishi bilan shugʻullangan. Oʻzbekistondan oʻtgan Buyuk ipak yoʻli orqali mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmidan boshlab, mamlakatga savdo-sotiq bilan birga hunarmandchilik ham kirib keldi. Topilgan juda koʻp tarixiy buyum va yodgorliklar Oʻzbekiston hududida yashagan aholining kimyo hunaridan qadimdan boxabar ekanligidan darak beradi. Buxoro yaqinidagi Poykend manzilgohidan 8-a.ga taalluqli kimyo lab. topilgan. Lab. jihozlari ichida turli idishlar, shisha asboblar, bolalar sumagi uchraydi.

K.ning fan sifatida shakllanishini tadqiqotchilar Misr bilan bogʻlashadi. Savdo-sotiq, xunarmandchilik va maaaniy alokalar juda rivojlangan bu mamlakatda ilm, falsafiy qarashlar, sanoat va q.x. yaxshi rivoj topali. Nil boʻyidagi Iskandariya shahrida 1-a.da yozilgan traktatlarda koʻpgina kimyoviy maʼlumotlar, jumladan, kimyoviy ji-hozlarning koʻrinishlari, kuydirish, pishirish, toblash, quruq haydash, eritish, kristallanish, ajratish va b. usullar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Mazkur manbada oddiy metallardan oltin olish gʻoyasi ham ilgari surilgan boʻlib, mavhum bu izlanish fanning rivojlanishiga maʼlum darajada toʻsqinlik qildi, olimlar fikrini boshka — amalga oshmaydigan yoʻnalishga burib yubordi. Iskandariya traktatlari maʼlumotlaridan foydalangan arab olimlari tez orada bir nechta yangi moddalar, jumladan, nitrat kislota, tuzlar va b.ni olishni kashf qildilar. Misrlik olimlar tilidagi K.ga arablar «al» qoʻshimchasini qoʻshib mashhur «Alkimyo»ga asos soldilar. Natijada koʻpgina ilmiy asarlar, kitoblar, maqolalar va tajribalar ifodalari paydo boʻldi. Keyinchalik bu soʻz Yevropa mamlakatlarida «Ximiya» nomi bilan ommalashdi. Muhammad Xorazmiy 10-a.da «K.» soʻzi arabcha «kamoyakmi», yaʼni «yashirmoq», «berkitmoq» ni anglatadi, deydi. Turk olimi Toshkoʻpir-zodaning fikriga koʻra, mazkur soʻz yahudiycha «kimyax» dan olingan. Baʼzi olimlar «K.» soʻzi Misrning qad. nomi «Xem» yoki «Hame»dan olingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu soʻz «qora» yoki «qoramtir» maʼnosini anglatib, manbalarda «K.» «Misr fani» degan maʼnoda keladi. Boshqa bir guruh olimlar esa «K.» soʻzi yunoncha «kimyo» iborasidan kelib chiqqan boʻlib, «suyuqlik», «eritilgan metall»ni anglatishiga ishora qiladilar. Ammo, qanday boʻlishidan qatʼi nazar, mazkur fanning Sharq mamlakatlarida bir kator rivojlanganligi, bu borada oʻrta osiyolik olimlarning xizmati katta ekanligi tarixiy manbalardan maʼlum.

«Alkimyo» asoschisi Jobir ibn Xayyom metallarning paydo boʻlishidagi oltingugurt-simob nazariyasini olgʻa surgan, yaʼni yer qaʼrida quruq bogʻlanishdan oltingugurt («metallar otasi»), nam bugʻlanishdan esa simob («metallar onasi») paydo boʻladi degan fikrni aytadi. Ularning turli xil nisbatlarda birikishidan oltin, kumush, mis, temir, qalay, qoʻrgʻoshin, shisha hosil boʻladi. Shu asnoda oddiy metallarni nodir metallarga oʻtkazish haqida maʼlumotlar beriladi. «Element» tushunchasiga koʻra, oltingugurt — yonuvchanlik, simob — uchuvchanlik, tuz esa eruvchanlikni bildiradi. Shoʻnga koʻra, bu moddalar turining kashf qilinishi asosiy fikr boʻldi. Olimning izdoshlaridan boʻlgan Abu Nasr Forobiy oʻzining «Us todi Soniy» asarida alkimyo ilmining yoʻnalishini maʼqullaydi. Sharq allomalaridan Abu Bakr ap-Roziy «Sirlar kitobi»da alkimyo maʼlum boʻlgan moddalarni oʻrganish, asbob-uskunalarni yigʻish va foydalanish hamda tajribalar oʻtkazishni keltiradi. Roziy oʻz asarida oʻngacha maʼlum boʻlgan moddalarni tasniflab, asbob va tajribalarni maʼlum bir tizimga solgan. Abu Abdullo al-Xorazmiyning «Bilimlar kaliti» kitobida K.ga alohida boʻlim ajratilib, unda turli moddalar, asboblar, tajribalar toʻgʻrisida mukammal maʼlumotlar keltirilgan. Abul Hakim al-Xorazmiy esa alkimyo fani tajribalarida qoʻllanilgan taroziga ahamiyat beradi. Al-Haziniy tomonidan 1125 y.da yozilgan «Dono tarozu haqida kitob»da turli koʻrinish va tuzilishdagi tarozilarda tortish usullari bayon qilinganligi manbalardan maʼlum. Abu Ali ibn Sino «Al-qonun» kitobida oʻsimlik, hayvonot, minerallar, tuzlar, kislotalar, ishqorlar, metallar, oksidlar va b. birikmalarning 750 dan ortiq turini yozadi. Ularning nomi, xossalari, ishlatilishini tula ifo-dalaydi. Uning «taboshir kulchalari»dan (Indoneziyada oʻsadigan bambukdan olib kulchaga qoʻshib oyoq-qoʻli singan bemorlarga beriladigan kremniy oksidi — inson organizmida tez erib singadigan modda) qanchadan-qancha odamlar shifo topgan. Ibn Sino Jo-birdan farqli ravishda metallarning xususiyatini chuqur va mukammal oʻrgan-di, uning xatolarini tuzatdi. Ibn Sino nafaqat Jobirning , balki barcha alkimyogarlarning xatolarini ilmiy jihatdan asoslab berdi. U oddiy metallardan nodir metallar, jumladan, oltin olib boʻlmasligini birinchi boʻlib amalda isbot etdi. Fransuz olimi M. Bertlo, rus olimi B. Menshutkin, akad. O. Soimovlarning fikricha, Abu Ali ibn Sino asarlarida hoz. zamon anorganiq kimyo fanining ilk kurtaklari namoyon boʻlgan. Abu Rayhon Beruniyning «Mineralogiya»sida moddalarning moddalik xususiyatlari uz aksini topgan. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida mineralogiyaga oid 18 ta, K.ga oid 31 ta qulyozma mavjud. Bular arab, fors, eski oʻzbek (turk) tillarida bitilgan «Hunarlar javohiri» kitobidagi marvarid, boʻyoqlar, sir, zaharga qarshi ishlatiladigan dorilar, upa-elik tayyorlash usullarini oʻz ichiga olgan manbalardir.

8-a.dan 17-a. oʻrtalarigacha davom etgan alkimyo bir tomondan fanni rivojlantirgan boʻlsa, ikkinchi tomondan uning tez qadamlar bilan oʻsishiga toʻsqinlik qildi. Ingliz kimyogari R. Boyl K.ni oʻrganishda yangicha yondoshish va faqat tajribalar yordamida olingan maʼlumotlarga ishonishga undadi. Uning fikricha, K.ning maqsadi jismlar tuzilishini aniqlash, shundan soʻng uni elementlarga ajratib, tahlilga oʻtishdan iborat boʻlishi kerak. Bunday ilgor ilmiy fikrlar paydo boʻlishiga qaramay K.ning haqiqiy yoʻlga tushishiga yana bir asr kerak boʻldi. Nemis kimyogari G.E. Shtal (1659—1734)ning flogiston nazariyasiga qarshi oʻlaroq, M. V. Lomonosov 1756 y.da yonish, yaʼni oksidlanish — oksidlovchi moddaning havo bilan birikishidan iborat ekanligini mikdoriy tajribalar asosida koʻrsatib berdi. Fransuz kimyogari A. Lavuazye esa 1772—77-y.larda turli moddalar ustida tajribalar oʻtkazib, ular yonganida kislorod bilan birikishini koʻrsatdi hamda kimyoviy reaksiyalarda moddalar ogʻirligining saqlanish qonunini isbotladi. Mazkur qonun tasdiqlangach, K. sifat-tavsif ilmidan mikdoriy bilimga aylandi. Endilikda massaning saqlanish qonuni deb ataluvchi mazkur qonun muhim ahamiyat kasb etadi. Bir qancha gazlar kashf qilinishi natijasida pnevmatik kimyoga asos solindi. Flogiston nazariyasi tamomila rad etildi, kislorodli yonish nazariyasi oʻz tasdigʻini topdi. Natijada koʻpgina nazariy tasavvurlar oʻzgardi, yaʼni kimyoviy nomenklatura ishlab chiqildi. Mana shu davrda kimyoning analitik tahlil yoʻli shakllandi.

19-a. K. fani tarixida nazariy asoslarni ishlab chiqish davri boʻldi. Natijada ato m — molekulyar taʼlimot maydonga keldi. Ingliz olimi Jon Dalton 1803 i. moddaning atom tuzilishi haqidagi tasavvurlarga suyangan holda tajribalar oʻtkazdi. Elementlarning muayyan bir mikdorda reaksiyaga kirishuvini ularning ayrim zarrachalardan, yaʼni boshqacha aytganda atomlardan tashkil topganligidan deb bildi. Karrali nisbatlar qonuni deb atalmish fikri asosida kimyoviy elementlarning bir-biri bilan maʼ-lum ogʻirlik nisbatlarida birikishini koʻrsatib, atom ogʻirliklariga alohida ahamiyat berdi. Nisbiy atom ogʻirlik tushunchasini fanga kiritib, eng yengil element sifatida vodorod atomi ogʻirligini birga teng deb qabul qildi va uni birlik sifatida taklif etdi. Dalton elementning atom ogʻirligi sifatida mazkur element atom ogʻirligining vodorod atomiga boʻlgan nisbatini oldi. Italiyalik olim A. Avogadro atom va molekula tushunchasining bir-biridan farq qilishini aniqlab berdi. U moddaning kichik zarrachasi molekula, elementlarning eng kichik zarrachasi esa atom deb taʼrifladi. Pekin uning bu fikri faqat oradan ancha vaqt oʻtgach, tan olindi. Gep-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni (q. Gey-Lyussak qonunlari) eʼtirof etilgach, Avogadroning bir xil t-ra va bosimda olingan ixtiyoriy gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni teng boʻlishi haqidagi qonuni (gipotezasi) amaliyotga kiritildi. Fransuz fizigi J. B. Perren (1870—1942) tajribalari asosida hisoblab topilgan 6,022SH23 soni Avogadro soni deb ataldi.

1852 y.da ingliz kimyogari E. Franklend fanga valentlik tushunchasini kiritdi. A. M. Butlerov tomonidan 1861 y. eʼlon qilingan tuzilish nazariyasi K.ning rivojida muhim bosqich boʻldi. Mazkur nazariya asosida organiq moddalarning molekulalardagi atomlar valentliklariga muvofiq bir-biri bilan birikishi, moddalarning xossalari kimyoviy tuzilishi (tarkibi)ga bogʻliqligi, atomlar bir-biri bilan qanday ketma-ketlikda birikkanligini aniqlash, kimyoviy tuzilish formulasi birikma xossasini ifodalashi, molekuladagi oʻzaro birikkan va birikmagan atomlarning bir-biriga boʻlgan taʼsirining borligi yotadi. Nazariya yangi moddalar sintez qilishni, ularning xossalarini oldindan aytib berishni va nazariy jihatdan muhim boʻlgan izomeriya hodisasini ilmiy nuqtai nazardan isbotlab berdi.

19-a.da fandagi tarixiy kashfiyotlardan biri 1869 y. D. I. Mendeleyev tomonidan ochilgan kimyoviy elementlar davriy qonuni va sistemasi boʻldi. Mendeleyev elementlarni ilmiy asosda sinflarga ajratdi, ular orasidagi ichki bogʻlanish qonuniyatlarini topdi, hali nomaʼlum boʻlgan elementlar mavjudligini oldindan bashorat qildi. Uch nomaʼlum elementning xossalarini oldindan aytib berib, ularga «ekabor», «ekaalyuminiy» va «ekasilitsiy» degan shartli nomlar berdi. Oradan 15 yil oʻtar-oʻtmas uning ba-shorati amalda tasdikdandi. Bu elementlar fransiyalik Lekok de Buabodran, shvetsiyalik Nilson va germaniyalik Vinklerlar tomonidan kashf etildi. Ekaalyuminiyga Fransiyaning eski nomi Galliyadan olinib «galliy» nomi, ekaborga «skandiy» (Skandinaviya nomidan) va ekasilitsiyga «germaniy» degan nomlar berildi. Mendeleyevning maʼlumotlari boshqa olimlar maʼlumotlariga juda yaqinligi bilan ilmiy tasdigʻini topdi. Uning yana 11 elementning tez orada ochilishini nazarda tutib boʻsh kataklar qoʻyganligi qonun va uning grafik ifodasi boʻlgan davriy sistemaning katta ilmiy gʻalabasi boʻldi. Sistemada davrlar va guruhdar shunday joylashtirildiki, bunda valentlik, atom massalari, atom radiuslarining oʻzgarishi va sh.k. xossalar oʻz ifodasini topdi. Natijada ilgari tasdikdanmagan kimyoviy elementlar sistemalaridagi xatolik va kamchiliklarga barham berildi, atom massalariga tuzatishlar kiritildi, nodir elementlar va asl gazlar xossalari toʻgʻri talqin qilindi. Davriy qonun nafaqat K. uchun, balki boshqa tabiiy fanlar, falsafadagi mikdorning sifatga oʻtish qonuniyatlarini aks ettiruvchi tabiatning fundamental qonuni boʻlib qoldi. Buning isboti sifatida davriy qonun va sistema asosida kimyo qonunlari va tabiatning yuzlab boshqa qonunlari, jumladan, radioaktiv elementlarning kashf qilinishi, ingliz fizigi E. Rezerfordning atom tuzilishi modelini taklif qilishi, Daniya fizigi N.Borningatomlarda elektron qobiqlari va qobiqchalari ketma-ket joylashuvini topishi, atom energiyasining nihoyatda ulkan kuchidan foydalanish qabilarni koʻrsatish mumkin. Ayni vaqtda K. fani Mendeleyev davriy qonuni va sistemasi asosida oʻqitiladi.

19-a. ning 70-y.laridan boshlab organiq kimyo tez rivojlana boshladi. Uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalari, galogenlar, nitrobirikmalarning muhim hosilalari olindi, xossalari oʻrganildi va bularning maʼlum qismi sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshladi. 80-y.larda toʻyinmagan uglevodorodlar asosidagi sintezlarga asos solindi, purin moddalari, qandlar, tabiiy pigment va oqsillar oʻrganila boshlandi. Natijada stereokimyo tasavvurlari rivojlandi. Bu davrda elektrokimyoviy (M. Faradey) va termokimyoviy jarayonlar (G. I. Gess, M. Bertlo), elektrolitik dissotsiatsiya (S. Arrenius), kimyoviy reaksiyalar tezligi (Ya. Vant-Goff) oʻrganildi. Buning natijasida kimyoviy termodinamika faniga asos solindi.

19-a. oxiri va 20-a. boshlari fizikada atom tuzilishining oʻrganilishi, radioaktivlik hodisasining ochilishi, elektronning amaliyotdagi ahamiyati oʻrganilishi va kvant kimyosinit chuqur nazariy yutuqlaridan foydalanish K. fanining olamshumul yutuqlaridan boʻldi. Mac, tabiiy hodisa — Adriatika dengizining fosforessensiyalanishini 1835 y.dayoq fransuz fizigi A. [[Bekkerel sezganligi maʼlum. Ammo oradan 60 y. dan ortiqroq vaqt oʻtib uning nabirasi Anri [[Bekkerel 1896 y.ning 1 martida uran hosilalari, bir oz keyinroq esa uranning oʻzi ham shunday xossaga egaligini aniq-ladi (q. [[Bekkerel). 1895 yili V. Rentgen tomonidan kashf etilgan nurlar ham shunday xossalarga ega ekanligini [[Bekkerel koʻrsatib oʻtgan edi. ʼL.Skladovskaya-Kyuri bu nurlarni radioaktiv nurlar, nurlanish hodisasini esa radioaktivlik hodisasi deb atadi. U bu hodisani shaxsan oʻzi toriy elementida uchratdi. U P. Kyuri bilan birgalikda uran minerallaridan 2 ta yangi radioaktiv element — poloniy va radiyni ajratib olishga muvaffaq boʻddi. Yangi elementlarning biri M. Skladovskaya-Kyurining vatani boʻlmish Polshaning eski nomi sharafiga poloniy deb nomlanadi. Shunday keyin aktinoidlar qatori tuzildi. Radioaktiv elementlarning yarim yemirilish davri, yaʼni har bir radioaktiv moddaning yarmisi parchalanishi uchun ketgan vaqtni belgiladilar. E. Rezerford, ingliz olimi F. Soddi, keyinroq Iren va Jolio-Kyurilar radioaktivlikni chukur oʻrganishdi, Kyurilar sunʼiy radioaktivlik hodisasini tadqiq qilishdi. Yadro reaksiyalari yordamida davriy sistemadagi barcha kimyoviy elementlarning sunʼiy radioaktiv izotoplarini olish mumkinligi ishlar koʻlamini fizika bilan bir qatorda K.ga ham olib kirdi. Natijada K.ning zanjir reaksiyalari mukammal oʻrganildi va amaliy ahamiyat kasb etdi. Pozitron chiqishi yoki (3+-yemirilish va K-zabt etish (yadroning yaqinida turgan K-qobiqchadagi elektronni yutishi) turli elementlar radioizotoplarini oʻrganishga yordam berdi. Hoz.

gacha bunday radioaktiv izotoplardan 1500 dan ortigʻi olingan. Sunʼiy radioizotoplarni oʻrganish aylanishlarning yangi xillarini topishga imkon berdi. Radioaktiv moddalarning xossalarini oʻrganadigan, ularni ajratib olish, yigʻish va tozalash usullarini ishlab chiqadigan fan radiokimyo nomini oldi.

K.ning tez suratlar bilan rivojlanishi natijasida elektron va u haqsagi tushunchalar aniqlanib, kvant kimyosi hamda sunʼiy sintez qilingan transuran elementlar kimyosi shakllandi. Oqsillar kimyosida misli koʻrilmagan yangiliklar ochildi. Million atmosfera bosimda olib boriladigan kimyoviy jarayonlar oʻrganildi, sunʼiy olmos olishning nazariy yoʻllari koʻrsatildi, xilma-xil polimerlar sintez qilindi.

18-a. oxiri va 19-a. oʻrtalarida Gʻarb mamlakatlarida rivoj topa boshlagan K. Rossiya orqali Oʻzbekistonga ham kirib keldi. Toshkentda 1869 y. kimyo lab. tashkil etildi. Keyin shu yerda koʻmirni gazlashtiruvchi moslama koʻrib ishga tushiriladi, lab.dagi xonalar gazlashtiriladi. Lab. xodimlari tomonidan mahalliy va olib kelinuvchi portlovchi moddalar tarkibi tekshiriladi. Qoʻqon xonligi va Buxoro amirligida zarb qilingan tangalar oʻrganiladi. Turli oʻsimliklardan alizarin boʻyogʻini ajratib olish, chigitni tozalash, tolani presslash, suv va tuproqni analiz qilish, oʻlkada sanoatni rivojlantirishga zarur boʻlgan togʻ jinslarini tadqiq qilish, sabzavot ekinlari tarkibidagi shakar miqdorini aniqlash, shisha uchun kerakli giltuproq va qumtuproq tarkibi hamda sifatini aniqlash, uzumni bijgʻitib spirt tayyorlash, anor poʻstlogʻidan oshlovchi moddalar tayyorlash, sement eritmalari va toshqol olish, don va dukkakli oʻsimliklardagi kraxmalni aniqlash, qamish, gʻoʻzapoya va daraxtlarning oʻtinlaridagi yonilgʻi birliklarini hisoblash kabi i.t. ishlari olib boriladi. 1913 y. yanv.gacha ishlab turgan mazkur lab. bajargan ishlari asosida Oʻzbekistonda bir necha sanoat tarmoqlarini tashkil qilish mumkin degan xulosaga kelinadi, lekin bu ishlarga amaliy yondoshilmaydi.

1918 y. Toshkentda Turkiston untining tashkil etilishi va uning tarkibida kimyo f-tining ochilishi Oʻzbekistonda K. fanining rivojida yangi bosqich boʻldi.

K. va uning sanoatiga yondosh boʻlgan qurilish, oziq-ovqat, neft, suv va b. tarmoqlar rivojlanishi bu ishlarga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Mahalliy aholi orasidan A. Shamsiyev, 3. Saidnosirova, M. Hakimov, M. Niyozov, M. Azizov kabi dastlabki kimyogarlar yetishib chiqsi. Ular yosh kadrlarni tayyorlashga katta hissa qoʻshdilar.

1920 y. Turkiston Respublikasi Markaziy xalq xoʻjaligi kengashida sanoat bilan bogʻlangan K. boʻlimi tashkil qilinib, unda lab. ochiladi. Lab. Respublika xalq xoʻjaligining turli tarmoklari uchun zarur boʻlgan ilmiy muammolar bilan shugʻullana boshlaydi. 1921 y. esa i.t. institutlari Kengashi tashkil etilib, oʻnga prof. S.N. Naumov rais qilib tayinlanadi. Dorivor preparatlar tayyorlab, analitik tahlillar olib boriladi. Ishlar natijasi Xilkovo (hoz. Bekobod) sement z-di va Ashxobod shisha z-dining ishga tushirilishida qoʻl keladi. Tez orada un-tda texnik kimyo kafedrasi ochiladi. Bu yerda N. L. Karavayev, M. S. Elgort, D. A. Alekseyev, Ye. I. Poznerlar tomonidan anorganiq va fizik K. boʻyicha i.t. ishlari olib boriladi. V. A. Novikov bilan B. G. Zapromyotovlar ilmiy ishlar qatorida mahalliy kadrlar tayyorlash bilan ham shugʻullanadilar. 1927 y. Oʻzbekiston sanoat-iqtisod i.t. instituta (keyinroq Oʻzbekiston mahalliy sanoat i.t. instituta) tashkil qilinadi. In-t lab.larida keramika, bogʻlovchi materiallar, sellyuloza-qogʻoz va yoqilgʻi sektorlari ochiladi.

30-y.larda fanning rivojiga S. N. Naumov, M. I. Usanovich, A. P. Rostovskiy, S. M. Muqimov, I. S. Kansepolskiylar katta hissa qoʻshdilar. 1933 y. un-tning kimyo fti qoshida K. tadqiqot inti tashkil qilinadi. In-t lab.larida diketoefirlar kimyosi, gaz reaksiyalari kimyosi, elektr kimyosi, aralashmaydigan suyuqliklar kimyosi, tabiiy va sintetik kolloid sistemalar, alkillash reaksiyalari, kislota-ishqor nazariyasi, soz tuproq asosida keramik materiallar i.ch. kimyosi va texnologiyasi, chigitdan yogʻ olish kabi muhim i.t. ishlarini rivojlantirishda tadqiqotchilar sanoat bilan hamkorlikda ishladilar.

30-y. larda un-tning kimyo f-tida S. Yunusov, O. Sodiqov, K. Axmedov, Sh. Tolipov, H. Usmonov, A. Sultonov, H. Rustamov, Y. Toshpoʻlatov, A. Abdu-rasulova, F. Tojiyev, A. Murtazoyev, H. Rahimov kabi isteʼdodli yoshlar yetishib chikdi. 2-jahon urushi yillarida sharoit ogʻir boʻlishiga qaramay fan rivojiga ahamiyat berildi, tadqiqotlar kamroq boʻlsada davom ettirildi. 40-y.lar boshida Ittifoq FA ning Oʻzbekiston filiali tashkil qilinib, uning tarkibiga A. S. Shamsiyev rahbarlik qilayotgan Kimyo in-ti ham kiritildi. S. Muqimov, F. Xoʻjayev va frontdan qaytgan S. Yunusov, K. Ahmedov, Sh. Tolipov, A. Sultonov, H. Rustamov, I. S. Kansepolskiy va b. olib borilayotgan i.t. ishlariga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdilar. Ular Oʻzbekiston FAning i.t. institutlari tarkib topishi va rivojida ham ishtirok etishdi. Urush davrida Chirchiq elektr kimyo k-tining bosh muxandisi lavozimida ishlagan M. Nabiyev kimyo sanoatining rivojiga katta hissa qoʻshdi, keyinroq u mineral oʻgʻitlar kimyosi yoʻnalishining bosh mutaxassisi sifatida koʻp yillar faoliyat koʻrsatdi. Xalq xoʻjaligining eng asosiy tarmogʻi boʻlgan paxtachilik rivojlantirildi, oʻgʻitlar va mikroelementlarning yangi xillari topildi.

Umumiy va anorganiq K.da tuzlar kimyosi, gidrolizi va eruvchanligi sohasidagi muammolar hal qilinib, yerga solinadigan oʻgʻitlar hamda ularning kimyosi chuqur oʻrganildi. Ekinga solinadigan mikroelementlar kimyosi M. Azizov tomonidan rivojlantirildi, ularning anchagina kompleks birikmalari sintez qilindi, bulardan dori-darmon tayyorlashda foydalanish ham oʻrganildi. Prof. H. Rahimov nodir va rangli metallarning kompleks birikmalari kimyosi ustida ish olib bordi. Polimetalli xom ashyolar kimyosi rivojlantirildi, ogʻir metallarning geterotsiklik birikmalari, ularning N-oksidlari, kompleksonlari aniqlandi. Suv-tuz sistemasi chuqur tahlil qilindi, ekstraksiya jarayonlari yaxshilandi. Kompleks birikmalar va kompleksonlar kimyosi chuqur oʻrganildi hamda xalq xoʻjaligining turli jabhalaridan keng oʻrin oldi.

Akad. N. Parpiyevning nodir va oʻtkinchi metallar kompleks birikmalari xossalarini oʻrganish, yangilarini sintez qilish va amaliyotda qoʻllash boʻyicha ishlari diqqatga sazovordir. Kremniy, germaniy, titan, sirkoniy, gafniy, molibden va vanadiy ftoridlarning vodorod ftorid kislo-tasi bilan taʼsiri oʻrganildi. Yuqori molekulali ftorli kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari topildi, anion almashishining mexanizmi tahlil qilindi. Qator komplekslarning IQ-spektrlari, termografiyasi, elektr oʻtkazuvchanligi, rentgen-fazaviy tahlili amalga oshirildi. Volfram ajratib olish ishi yoʻlga qoʻyildi. Yangi kompleks birikmalardan q.x.da, tibbiyot va farmatsev-tikada foydalanish boʻyicha amaliy ishlar qilindi.

Analitik K.dagi dastlabki ishlar akad. Sh. Tolipov rahbarligida olib borildi. U shogirdlari bilan birga ftorli birikmalar kimyosini chuqur oʻrgandi, natijada qator elementlarni aniqlashning ogʻirlik, hajmiy va amperometrik usullari ishlab chiqildi. Bu ishlar «boʻysunmagan element» boʻlgan ftorning sanoat miqyosida ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyishda muhim omillardan boʻldi. Anorganiq moddalarning lyuminessent tahlili boʻyicha R. Jiyanboyeva olib borgan ishlar oʻz vaqtida butifosning zararli xossalarini aniqlashda rol oʻynadi.

K. fanining shon-shuhratini jahon miqyosiga olib chiqishda akad. S. Yunusovning alkaloidlar kimyosini rivojlantirishga oid ishlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. 4000 dan ortiq oʻsimlik alkaloidlari tadqiq qilinib, ulardan 600 dan ziyod muhim alkaloidlar ajratib olindi, ularning tarkibiy qismlari, tuzilishi va xossalari chuqur oʻrganildi. 50 dan ortigʻi tibbiyotga joriy etildi, olingan oqsillar q.x. va oziq-ovqat sanoati uchun taklif etildi. Vilt kasalligiga qarshi qoʻllaniladigan preparatlar kashf qilindi. Prof. F. Qoʻchqorov va uning shogirdlari tomonidan atsetilen kimyosi rivojlantirildi. Akad. I. P. Sukervaniq, A. Abdurasuleva va b. alkillash reaksiyalarini oʻrganib, fan rivojiga hissa qoʻshdilar. Dekarbonillash boʻyicha Yo. Aliyev tadqiqotlari u rahbarlik qilgan Kimyo in-tida karboksillash reaksiyalarini oʻrganishda qoʻl keldi.

Organiq kataliz neftni kayta ishlash in-ti (hoz. A. Sultonov nomidagi Kataliz in-ti)da rivoj topdi. Intda koʻpgina yangi katalizatorlar kashf qilindi, aromatik uglevodorodlar kimyosi, q.x. va ipakchilikning rivojlanishi uchun amaliy ishlar olib borildi.

Akad. O. Sodiqov tomonidan bioorganiq kimyo faniga asos solindi. Olim tashkil etgan Bioorganiq kimyo in-tida (1973 y.) oʻsimliklarning ikkilamchi metaboliti, tibbiyot va q.x. uchun zarur preparatlarni olish usullari, hayvonlar va oʻsimliklardagi oqsil tabiatli zaharlarning taʼsir mexanizmi oʻrganildi. Ilon, chayon va b. zaharining sunʼiy analoglari olindi, taqribiy qismlari hamda xossalari tadqiq qilindi. N-oksidlar, anabazin, dipiridil, paxikarpin, morfin, sitazin va b. kimyosi chuqur oʻrganildi. Stereokimyo, konformatsion analiz, tabiiy birikmalarning elektron tuzilishi va reaksiyaga boʻlgan xususiyatlari tadqiq qilindi. Gossipol kimyosi oʻrganildi, gʻoʻzapoyadan turli mahsulotlar olish kimyosi va texnologiyasi ishlab chiqildi, viltga qarshi ishlatiladigan preparatlar kashf qilindi. Akad. A. Abduvahobov sintez qilgan feromonlar paxtachilik rivojiga muhim hissa qoʻshdi. Akad. Sh. Solihov rahbarligida olib borilayotgan i.t.lar, tibbiyot, q.x., farmatsevtika va biokimyo ehtiyojlarini qondirishga qaratildi.

Fizik K. 20-y. lar oxirlarida D. Alekseyevning portlash jarayonlari kinetikasini oʻrganish bilan boshlandi. Keyinroq N. A. Kolosovskiy. M. I. Usanovich va V. V. Udovenkolarning termodinamika hamda fizik-kimyoviy tahlil masalalarini bajarish bilan davom ettirildi. Polimerlarning fizik-kimyoviy xossalarini tekshirish (H. Usmonov), kimyoviy reaksiyalar kinetika-sini oʻrganish (H. Rustamov), elektr kimyoviy jarayonlarni tadqiq qilish (A. Murtazoyev) ustidagi ishlar kengaytirildi. Olimlar suyuq eritmalarning elektr oʻtkazuvchanligini oʻlchash, rangli va nodir elementlar hamda ular qotishmalarini elektr kimyoviy usulda choʻktirib ajratish, elektr kapillyar hodisalari oʻlchamini bilish bilan shugʻullandilar. Kislota-asos katalizatorlari ishtirokida oʻtadigan qator reaksiyalarning kinetik qonuniyatlari va mexanizmi oʻrganildi, ionitlardan foydalanish ishlari olib borildi. Koʻp atomli spirtlardan erituvchi sifatida foydalangan holda koʻpgina reaksiyalar kinetikasi va mexanizmi ravonlantirildi.

Fizik K. bilan chambarmas bogʻliq boʻlgan kolloid K. ustidagi tadqiqotlar B. G. Zapromyotov (30-y.lar), urush davridan boshlab esa akad. K. Ahmedov boshchiligida olib borildi. Oʻsha davrlarda giltuproq, tabiiy mineral boʻyoqlar, loyqa suvlar va sh.k. boshqa dispers sistemalar; gidrolizlar, kolloid choʻkmalar hisoblangan koagulyantlar, koagel, kserogellar oʻrganildi. 50-y.lardan boshlab esa polimerlar fizik kimyosi va termokimyosiga oid tabiiy gazlar hamda gaz kondensatlaridan sirt-faol moddalar olish, suvda eruvchan yuqori molekulali birikmalar sintez qilish, ularning xossalarini oʻrganish ishlari amalga oshirildi. Liofob gidrozollar, liofill polimerlarning kolloid xossalarini oʻrganish, ularning tuzilishini boshqarish va zarur xususiyatlarni singdirish, tabiiy mineral sorbentlardan amaliyotda foydalanishga doyr anchagina ishlar diqqatga sazovordir. K. Axmedov oʻz shogirdlari (E. Oripov va b.) bilan hamkorlikda «K-4», «K-9», «PAA-1» kabi preparatlarni kashf qilib sanoatga tadbiq etdi. Endilikda bunday preparatlardan burgʻilashda, q.x.da, yoʻl qurilishi va choʻllardagi uchuvchan qumlarni muqim holatga oʻtkazish ishlarida foydalaniladi. Mana shunday ishlar natijasi oʻlaroq choʻl zonalarida ekinzorlar barpo qilish, shahar va qishloqlar qurish ishi osonlashdi, sirt-faol moddalardan foydalanish turli sanoat korxonalari faoliyatini jadallashtirishga, i.ch. hajmini oshirishga olib keldi.

Yuqori molekula(polimer)li birikmalar kimyosi urushdan keyingi yillarda rivojlandi. 1946 y.dan boshlab paxta sellyulozasi va uning turli efirlari ustida ilmiy izlanishlar olib borildi. Yangi monomerlar sintez qilish, ularni polimerlash, tola choʻzish kabi ishlar yoʻlga qoʻyildi.

H. Usmonov boshchiligida vinil monomerlari u-nurlari taʼsirida qator polimerlarga payvandlandi, ularning xossalari tadqiq qilindi, olingan birikmalarda fiziologik faollik borligi aniqlandi. Bu ishlarning natijalari olingan polimerlardan tibbiyotda foydalanishga yoʻl ochdi. Vinilftorid va sh.k. boshqa ftorid monomerlarini polimerlab olingan yangi xossalarga ega boʻlgan yuqori molekulali birikmalar sintez qilindi. Olingan sunʼiy tolalardan kord, polinoz tolalar, fortizanlar, sunʼiy ipak, yonmaydigan, chirimaydigan, oson boʻyaladigan hamda elektr tokini yaxshi oʻtkazadigan polimerlar olindi. Itakon kislotasi, uning qator hosilalari, ionitlar, polielektrolitlar va sh.k. moddalar akad. M. Asqarov tomonidan oʻrganildi. Polimerlarning stabillashuv jarayonlari chuqur tadqiq qilindi, sopolimerlar sintezining yangi usullari, ionlanuvchi polimerlar va sopolimerlar xususiyatlari tadqiqotlari nihoyasiga yetkazildi. Natijada qator stabilizatorlar, toʻldirgichlar, qotiruvchi moddalar va plyonkalar sanoatga tadbiq etildi. Armirlangan plyonkalardan ipak qurti boqishda foydalanish katta samara berdi.

Paxta va yogʻoch sellyulozasi kimyosi akad. T. Mirkomilov tomonidan rivojlantirildi. Sellyulozani modifikatsiyalab, olingan mahsulotlarning nurga chidamliligini oshirish, oʻtga chidamli qilish, ezilib mijgilanmaydigan boʻlishini taʼminlash, mexaniq jihatdan pishiq, chirimaydigan, kirishmaydigan va sh. k. boshka ijobiy xossalarni oʻzida mujassamlashtirgan mahsulotlar olish ustida tadqiqotlar olib borildi.

Respublikamizda kompozitsion materiallar kimyosi akad. S. Neʼmatov rahbardigida rivojlantirildi. Yangi xossalarga ega boʻlgan qoplama materiallar, sirlar, kremniy organiq suyuqliklar keramik materiallar i.ch.ga tatbiq etildi. Bu materiallardan yoʻl qurilishlarida, avtomobil, q.x. mashinalari, turli beton plitalari i.ch. va b. sohalarda keng foydalaniladi.

Silikatlar K.si va texnologiyasi sohasida I. S. Kansepolskiy tomonidan tabiiy kuygan tuproq (gliyej)larni portladsementga qoʻshimcha sifatida qoʻllash, sement korrozitsiyasi va oʻnga qarshi kurash choralarini izlashga doir tadqiqotlar olib borildi. Fosfogipsning kalsiy alyuminatlari bilan reaksiyalari oʻrganildi, mahalliy xom ashyolar asosida sulfoalyuminatbelitli sement olindi, kam energiya sarflab sement olish texnologiyasi ishlab chiqildi (T. A. Otaqoʻziyev). Ishqoriy-yer metallari silikatlari va alyumosilikatlari hamda ularning galliy va germaniyli analoglarining yuqori t-ralarda oʻzaro birikishi, turli sharoitlarda bir-birida erish qonuniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Sanoat chiqindilari va ikkilamchi xom ashyolardan foydalanib, xalq xoʻjaligi uchun zarur shisha va keramik buyumlar tayyorlash texnologiyalari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi (N. A. Sirojiddinov, A. P. Erkaxoʻjayeva). S. S. Qosimova va uning shogirdlari tomonidan yangi tarkibli, rangli, boʻgʻiq hamda maxsus optik shishalar olindi va i.ch.ga tavsiya etildi.

Akad. S. Rashidova va uning shogirdlari tomonidan erkin radikallarni yutib, stabillash xususiyatiga ega boʻlgan funksional guruqchalarni oʻz ichiga olgan monomerlarning polimerlanish reaksiyalari oʻrganildi. Chigitning unib chiqishini boshqaradigan ishda qoʻl keladigan polimer qoplamalar kashf qilinib, q.x.ga tatbiq etildi.

K. texnologiyasining jarayon va uskunalari fani akad. 3. Salimoye va uning shogirdlari tomonidan oʻrganildi. Chigitni quritish, undan yogʻ olishni intensifikatsiyalash, ekstraksiya, gazlar adsorbsiyasi va sh.k. muhim jarayonlarni tadqiq qilishda yangi maʼlumotlar olindi. Bu maʼlumotlar asosida bir qancha korxonalar (Yangiyoʻl, Uchqoʻrgʻon yogʻ z-di) ishlari yaxshilandi.

Respublikamizda K. fanining rivojlanishida Oʻzbekiston FA tarkibida hamda turli vazirliklar tarmoq intlari sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan i.t. va loyiha in-tlari xizmati ham salmoqlidir. Kimyo in-ti (hoz. Umumiy va noorganiq kimyo instituti), Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti, Polimerlar fizikasi va kimyosi instituti, Kataliz instituti, OʻzMU, ToshTU, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat inti va b. oliy oʻquv yurtlari kimyo lab.larida olib borilayotgan i.t. ishlari mamlakatimizda K. fanini yuqori pogʻonalarga koʻtarishda muhim omillardan boʻldi.

 

Fan

Fan yoki ilm-fan ilmiy metod bilan toʻplangan bilimlarning tartibli tizimidir.

FAN — dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy. manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. F.ning bevosita maqsadi oʻzining urganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.

F.ning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo boʻlishi bilan boglik holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega boʻlgan. Tafakkur sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qad. Sharq va Yunonistonda paydo boʻla boshlagan. Mifologiya F.ga oʻtish boʻsagʻasida maʼlum bosqich vazifasini bajargan. Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya oʻrnini naturfalsafa egalladi. Avestoyaa mifologiya va fan unsurlari bor edi. Zenon, Demokrit, Aristotel va b. kadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrimayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo boʻldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geom., mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi. Oʻrta asrda Sharq olimlari F.ga ulkan hissa qoʻshdilar. Ular qad. fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saklash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta eʼtibor berdilar. Ayni vaqtda F.ni yangi yutuklar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. Oʻrta Osiyoning buyuk olimlari ilmfanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonunqoidalarni kashf etdilar. Muhammad alXorazmiy tenglamalar haqidagi F. sifatida algebra va toʻngʻich algoritmparni yaratdi, astronomiya sohasidagi bilimlarni algoritmik usulda ifodalab berdi. Axmad al Fargʻoniy astronomiyaga sistema tarzini berdi, matematik geogr. va geodeziyaga oid stereografik proyeksiyalar nazariyasini yaratdi. Hamid Xoʻjandiy (10-a.) kub tenglamalar nazariyasini chuqurlashtirdi. Mahmud Koshgʻariy oʻz davrining qomusi boʻlgan «Devonu lugʻotit turk»ni yozdi. Abu Rayhon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi. Abu Ali Ibn Sino tabobatning ilmiy zaminini qoʻydi (11-a.) Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Koshiy, Ali Kushchi sonlar nazariyasiga muhim hissa qoʻshdilar va kuzatish astronomiyasini yuqori pogʻonaga koʻtardilar (15-a.). Yevropada Uygʻonish davri arafasida, 12a. boshlaridan alXorazmiy, Ibn Sino, alKindiy, Ibn Rushd va b.ning asarlari lotin tiliga tarjima qilina boshladi. Leonardo da Vinchi, R.Bekon, T.Gobbs, N.Kopernik, J. Bruno, G.Galiley, I.Kepler, R.Dekart kabi olimlar tabiat haqidagi F.larni rivojlantirdilar. Astrologiya oʻrnini astronomiya, alkimyo oʻrnini kimyo egalladi.

Yangi davr deb ataluvchi zamonda F.ning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim tarmogʻi va texnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. 16—17-a.larda klassik fizikaning poydevori qurildi. F.ning nazariya darajasiga koʻtarilganligi tafakkurning induktiv va deduktiv rivojlanishiga yoʻl ochib berdi. Mavjud ilmiy faktlar I.Nyuton tomonidan dinamikaning asosiy qonuni sifatida taʼriflandi. Bu umumlashtirilgan qonundan 16—19-a.

larda xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss va b. ijodi mexanikani moddiy nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishiga olib keldi. Mexanika F.i shu darajada mantiqiy rivojlandiki, har xil soha olimlari unga havas qila boshladilar va uning isbotlangan qonuniyatlaridan boshqa sohalarda ham foydalanish harakatiga tushdilar.

Sanoatda tub oʻzgarishlar yuz berishi (18-a. oxiri) tufayli F.ning taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. 19-a.da fizikada yangi F.lar (termodinamika, klassik elektrodinamika) paydo boʻldi, biol.da evolyutsion taʼlimot va hujayra nazariyasi vujudga keldi, energiyaning saklanish va oʻzgarish qonuni shakllandi, astronomiya va mat.

da yangi konsepsiyalar rivojlandi (J.Maksvell, M. Faradey, J. Lamark, Ch.Darvin, T.Shvann, M.Shleyden va b.). Geom. sohasida inqilobiy taʼlimot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelgan Yevklid geometriyasi yagona emasligi, balki noyevklid geom.lar ham borligi N.Lobachevskiy tomonidan bayon etildi va keyinchalik isbotlandi. DM.Mendeleyevning davriy sistemasi xar xil kimyoviy elementlar orasidagi ichki boglanishni ifodaladi. Mat. va fizikada 20-a.da ham katta yutuklar qoʻlga kiritildi, texnika F.larida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo boʻldi. F. va texnikaning yanada rivojlanishiga taʼsiri borgan sari ortib borayotgan kibernetika vujudga keldi. Fizika va kimyo F.laridagi muvaffaqiyatlar hujayralardagi biologik jarayonlarni yanada chuqurroqoʻrganishga imkon berdi, bu hol q.x. va tibbiyot F.larining rivojlanishiga olib keldi. F.ning i.ch. bilan yaqin hamkorligi yuz berib, uning ijtimoiy xayot bilan aloqalari mustahkamlana boshladi. Hozirgi F.lar fantexnika inkilobinnng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

F. tizimi umuman kuyidagi katta guruhlarga boʻlinadi: tabiiy F.lar, gumanitar F.lar, texnika F.lari va ijtimoiy F.lar. Bu guruhlarning har qaysisidan juda koʻp mustaqil F. sohalari ajraladi. Mustaqil F.lar bir-biriga bogʻliq sohalarda ilmiy izlanishning yirik va istiqbolli muammolarini yechishga toʻgʻri keladi, bu hol hrz. paytda fanlararo va kompleks tadqiqotlarni keng avj oldirishni taqozo etadi. Tabiatni muhofaza qilish muammosi bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bu muammo texnika F.lari, Yer toʻgrisidagi F.lar, biol„ mat., tibbiyot, iqtisodiyot va boshqalar bilan qoʻshilib ketgan. Bu xildagi ilmiy va ilmiytexnik muammolarni hal qilish uchun xoz. fanlarda tadqiqotlarni dasturiymaqsadli tashkil etish metodi keng qoʻllaniladi. Ilmiy tadqikrtlarni 2 ga: fundamental va amaliy tadqiqotlarga ajratish qabul qilingan. Tabiat, jamiyat, tafakkurga xos qonunlarni bilib olish fundamental tadqiqotlarning , bu tadqiqotlar natijalarini bilim orttirish va ijtimoiyamaliy muammolarni hal qilish uchun qoʻllash amaliy tadqiqotlarning vazifasidir. Fundamental tadqiqotlar, odatda, amaliy tadqiqotlardan oldinda boradi va ular uchun nazariy asos yaratadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy etish — hozirgi davr F.i uchun muhim vazifalardan biridir.

Hoz. davrda F. jamiyat taraqqiyotini olgʻa siljituvchi kuch va vosita boʻlib qolayotganligini kuzatish mumkin. Xalq va millat dunyoqarashini shakllantirish, taʼlimtarbiya, axloq normalarini vujudga keltirish, maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalashda F. alohida oʻrin tutmoqda.

Mustaqillik sharoiti Uzbekistonda F.ning rivojiga katta ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Avvalo, F.imiz strukturasi keskin oʻzgardi: maʼnaviy F.lar hisoblanuvchi tasavvuf ilmi tiklandi, hadis bilimlariga yoʻl ochildi, binobarin, ziyolilarimiz, talabalarning ruhiy dunyosi ancha boyidi, yangi oliy oʻquv yurtlari, un-tlar tashkil qilindi; ilm ahli chet eldagi olimlar bilan mustah.kam ijodiy aloqalar oʻrnatdi. Buning natijasida tabiat va texnikatexnologiya haqidagi F.larimiz xam jahon andozasi darajasiga koʻtarila boshladi. Olimlarimiz ilmfanning dolzarb sohalarida tadqiqotlar olib borishga kirishdilar. Tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va hisoblash texnikasi qamda ehtimollar nazariyasi sohasidagi, geologik jarayonlarning qonuniyatlarni, molekulyargenetik, genhujayra sohasidagi, tibbiyot, q.x., paxta seleksiyachiligidagi, moddalarning kompleks fizikaviykimyoviy xossalarini oʻrganish bilan bogʻliq, energiyaning noanʼanaviy turlarini yaratish — Quyosh energiyasini kompleks va samarali suratda boshqa turdagi energiyaga aylantirish borasidagi tadqiqotlar ana shular jumlasidandir.

Fan sohalari uch katta qismga ajratilib koʻrsatiladi:

Aniq fanlar;
Tabiiy fanlar;
Ijtimoiy fanlar.
Fan empirik yoʻl bilan olingan maʼlumotlarni (faktlarni) kuzatiladigan u yoki bu hodisani izohlash uchun tartiblaydi, bunday tartib gipoteza deyiladi. Gipoteza hodisani izohlash uchun yetarli boʻlsa hamda tegishli isbotlar bilan tasdiqlansa, u nazariyaga aylanadi.