Reaksiyalar

  • Kimyoviy tenglama — bu kimyoviy reaksiyalarning kimyoviy formulalar bilan ifodalanishi

Vodorod va kislorod o‘zaro reaksiyaga kirishib, suv hosil qiladi. Vodorod, kislorod va suvning kimyoviy formulasi ma’lum: H2, O2, H2O;

Kimyoviy reaksiya tenglamasini yozish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning formulalarini “=” ishorasining chap tomoniga, reaksiya natijasida hosil bo‘layotgan moddalarning formulalarini esa o‘ng tomoniga yoziladi. Reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo‘layotgan moddalar orasiga “+” ishorasi qo‘yiladi.

Chap tomon  H2 + O2 = H2O  O‘ng tomon

Chap tomonda reaksiyaga kirishayotgan moddalar, o‘ng tomonda reaksiya natijasida hosil bo‘layotgan moddalar joylashadi.

Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlar soni, reaksiya natijasida hosil bo‘lgan yangi moddalar tarkibidagi atomlar soniga teng bo‘lishi kerak. Buning uchun moddalar oldiga koeffitsiyentlar qo‘yish kerak.

Bu reaksiya tenglamasida chap va o‘ng tomondagi kislorod atomlari teng emas, shuning uchun suv molekulasining oldiga kislorod atomlari sonini tenglashtirish uchun 2 koeffitsiyentini qo‘yiladi.

H2 + O2 = 2H2O

Bunda tenglamaning chap va o‘ng tomonida kislorod atomlari soni tenglashadi, lekin, o‘ng tomonda vodorod atomlari 4 ta, chap tomonda esa 2 ta bo‘lib qoladi. Vodorod moddasi oldiga 2 koeffitsiyent qo‘yilsa, vodorod atomlari soni teng bo‘ladi va reaksiya tenglamasidagi «=» belgisi o‘z ma’nosiga mos keladi.

2H2 + O2 = 2H2O

Тenglamaning chap va o‘ng tomonidagi atomlar soni tenglashdi va to‘g‘ri yozildi. Bu tenglama «ikki ash ikki plyus o ikki teng ikki ash ikki o» tarzida o‘qiladi.

 

Одна мысль про “Reaksiyalar”

  1. Уведомление: stock price charts

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 9-umumiy o'rta ta'lim maktabi kimyo fani o'qituvchisi Xo'jabekov Inomjon Baratullayevichning web sahifasi